Page 407 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 407

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             bir  necha  yildan  so‘ng,  muvaffaqiyatli  loyiha  natijasida  yaxshigina
             moliyaviy  foyda  ko‘rganlar.  1878-yilda  Djon  Pirpont  Morgan  va
             Spenser Trask Tomas Edisonning elektr energiyasi sohasidagi loyi-
             hasini moliyalashtirgan. Genri Ford 1903-yilda o‘zining kompaniya-
             sini ochish maqsadida beshta investorning 40 ming dollardan ortiq

             mablag‘ini jalb etgan.
                O‘zbekistonda  “biznes  farishtalar”ning  innovatsion  loyihalarni
             moliyalash-tirish  amaliyoti  deyarli  mavjud  emas,  buning  uchun
             vaziyat  allaqachon  pishib  etilgan  bo‘lsada,  tashkiliy-huquqiy  baza
             to‘laqonli ishlab chiqilmaganligi bois, bu soha bugungi kunda oqsa-
             yapti.
                “Biznes-farishtalar”ni  shartli  ravishda  uch  guruhga  bo‘lishimiz
             mumkin:
                1. Ilm-fan yoki texnologik biznesda ishlash tajribasiga ega bo‘lgan,

             biznesga nafaqat pul, balki o‘zining tajribasi, bilimi, biznes-aloqalari-
             ni ham sarmoya sifatida kirituvchilar, bu loyihaning muvaffaqiyatga
             erishish imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi;
                2.  Yirik  korporatsiyalar  yoki  biznes  guruhlarning  manfaatlarini
             ifodalovchilar.  Loyihaning  muvaffaqiyatli  chiqishi  sharoitida  ular
             o‘zlari vakillik qilayotgan kompaniyaning biznesi bilan o‘rtoqlasha-
             dilar;

                 3. O‘z faoliyatini endigina boshlayotgan biznes farishtalari. Ular
             bu  borada “o‘tmish”ga  va  tajribaga  ega  bo‘lmasalar-da,  rivojlanish
             borasida katta salohiyatga egalar.


                       10.3. Venchur kapitali – rivojlanishning keyingi
                      bosqichlarida kompaniyani moliyalashtirishning
                                      asosiy manbai sifatida
                Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiya loyihalarini moliyalash-
             tirish investorlar tomonidan tashkil etilgan har xil manbalar, shu

             jumladan, moliyaviy resurslarni jalb qilish yo‘li bilan, kreditlar
             evaziga,  qonunchilikda  belgilangan  holda  qimmatli  qog‘ozlar  va
             zayomlar chiqarish hisobiga amalga oshiriladi.
                Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish turli shakl va usullarda olib

                                                  406
   402   403   404   405   406   407   408   409   410   411   412