Page 412 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 412
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
shuniladi. Ular maxsus venchur fondlari, yirik korporatsiyalar, banklar
yoki o‘z jamg‘armalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar ham bo‘lishi
mumkin. Venchur loyihalari, asosan, yuqori texnologik tarmoqlarni
rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib (kompyuter texnologiyalari,
telekommunikatsiya va aloqa sohalari, bio va nanotexnologiyalar,
ener getika, farmatsevtika va boshqa tarmoqlar) yangi texnologiyalarni,
innovatsion loyihalarni joriy etish faoliyati sifatida ham talqin
etiladi. Mamlakatimiz iqtisodchi-olimlaridan A. Uzoqov va boshqa
hammualliflar tomonidan tayyorlangan o‘quv qo‘llanmada venchurli
moliya lashtirishga quyidagi taʼrif berib o‘tgan edilar. “Venchurli moliya-
lashtirish – bu moliyalashtirishning shunday turiki, bunda venchur
kapitali egalari va kompaniya egalari yuqori riskli (xatarli) va yuqori
daromadli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik qiladilar.
Bu holatda loyihaning xatari tashqi holat (boshqaruvning yaxshi
yo‘lga qo‘yilmaganligi, bozor infratuzilmasining rivojlanmaganligi
kabilar) bilan emas, balki yangi texnologiyaning rejalashtirilayotgan
mahsulotni ishlab chiqara olish qobiliyati va bozorda bu mahsulotni
tan olinishi bilan bog‘lik bo‘ladi” . Shunday qilib, venchurli moliya-
45
lashtirish aksiyalarga egalik qilish shaklida yoki investitsion kredit
berish orqali innovatsion loyihani investitsiyalab, maʼlum korxonani
moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda, boshqa manbalardan foydalanish
mumkin bo‘lmagan sharoitda innovatsiyalarga hayotiylik baxsh
etadigan moliyalashtirish usulidir. Venchurli investor o‘z mablag‘larini
fond birjasida aksiyalari erkin savdoda bo‘lgan korxonalarga emas,
balki barcha aksiyalar maʼlum yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida
taqsimlangan korxonalarga kiritishni afzal ko‘radi. Mablag‘ beg‘araz
va foizsiz beriladi, undan tashqari bank kreditlari kabi taʼminot ta-
lab qilinmaydi (taʼminot sifatida venchur investorning qo‘lida faqat
sotib olingan aksiyalar bo‘ladi). Berilgan mablag‘lar shartnoma
muddati tugaguncha venchur firmasidan qaytarib olinmaydi. Loyiha
muvaffaqiyatli bo‘lgan holda kompaniya yuqori daromad oladi va uni
aksionerlar va investorlar o‘rtasida bo‘lishadi. Olinadigan daromad
esa aksiya daromadining taqsimoti kabi bo‘ladi va investorlarning
45 A.Uzoqov, E.Nosirov, R. Saidov, M. Sultanov Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va ularning monitoringi.
O‘quv qo‘llanma, — T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2006-y., 173 bet.
411