Page 415 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 415

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             beshta  ustuvor  yo‘nalishi  bo‘yicha  Harakatlar  strategiyasini  “Faol
             tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-
             quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi
             PF-5308-sonli  Farmonida  iqtisodiyotni  bosqichma bosqich  ilg‘or
             g‘oyalar, aqlli texnologiyalar va nou-xaularga asoslangan innovatsion

             iqtisodiyotga o‘tkazish masalalari ko‘zda tutilgan va bu borada zaruriy
             chora-tadbirlar tizimi belgilab berilgan.
                Zamonaviy venchur industriyasi – bu yaxshi rivojlangan va keng
             quloch yoygan biznesdir. Bugungi kunda dunyoda yillik aylanmasi bir
             necha yuz milliard dollar bo‘lgan minglab venchur fondlari faoliyat
             ko‘rsatadi.
                Venchur  industriyasi  –  bu  serdaromad  soha  bo‘lib,  o‘rtacha
             daromadlilik yiliga salkam 30 foizni tashkil etadi. Statistika va tajriba-
             ning guvohlik berishicha, innovatsiyalarni moliyalashtirishda venchur

             fondlarining  o‘rni  beqiyos  bo‘lib,  venchurli  investitsiyalashdan
             innovatsion jarayonning barcha ishtirokchilari birdek naf ko‘radilar.
             Xususan, venchurli moliyalashtirish hisobiga innovator-tadbirkorlar
             o‘z ishlanmalarini moliyalashtirish imkoniga ega bo‘lsalar, investorlar
             investitsiya  kiritilgan  kompaniyalar  kapitalining  o‘sishiga  hisobiga
             katta foyda ko‘radilar, davlat soliq tushumlarining oshishi va yangi
             ish o‘rinlarining yaratilishi evaziga katta natijalarni qo‘lga kiritsa,

             iqtisodiyot esa umumiy holatda yangi texnologiyalarni o‘z vaqtida
             amaliyotga joriy etish imkoniga ega bo‘ladi.
                Venchurli fond tavakkalchilikni diversifikatsiyalash maqsadida bir
             nechta  investorlarning  mablag‘larini  jamlaydi.  Ushbu  mablag‘larni
             professional  boshqaruv  kompaniyasi  boshqaradi.  Boshqaruv
             kompaniyasi investorlar bilan retsipiyent-kompaniyalar o‘rtasida
             vositalik vazifasini bajaradi. Odatda, boshqaruvchi kompaniya fondga
             mablag‘larni  jalb  etish  bilan  shug‘ullanadi. Venchur  industriyasida
             boshqaruvchi  kompaniyaning  rahbari  yoki  yetakchi  menejeri

             “venchurli kapitalist” deb ataladi.
                Venchur  fondi  5  –  10  yil  muddatga  tashkil  etiladi.  Venchur
             fondi  qo‘yilmalarining  asosiy  obyekti  –  start-up  bosqichidagi
             kompaniyalardagi ulushlar hisoblanadi. Fondning maqsadi  –

                                                  414
   410   411   412   413   414   415   416   417   418   419   420