Page 420 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 420

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
            Yangi iqtisodiyot, yangi sanoat tarmoqlari, yangi texnologiyalarni
          moliyalashtirishning asosini venchur kapitali tashkil etadi. Venchur
          kapitalining  hajmi  dunyo iqtisodiyoti  investitsion resurslari  bilan
          solishtirganda unchalik ham katta bo‘lmasa-da, texnologik jihatdan
          taraqqiy  etishni  mo‘ljal  qilgan  mamlakatlarning  muvaffaqiyatli

          rivojlanishini  taʼminlashda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Yirik
          kompaniyalarning  dastlabki  yuztaligiga  kirgan  kompaniyalarning
          deyarli  barchasi,  aynan,  venchur  kapitali  hisobiga  oyoqqa  turib
          olganlarini buning yorqin isboti sifatida keltirishimiz mumkin.
            Rivojlangan  mamlakatlarda  YIM  o‘sishining  70 –  85  foizi  yangi
          bilim  va  yechimlarga  asoslangan  takomillashtirilgan  texnologiya,
          mahsulot va asbob-uskunalar ulushiga to‘g‘ri keladi. Bularning
          barchasi  milliy  iqtisodiyotni  inqirozli  holatlardan  olib  chiqishning
          birgina  yo‘li –  bu  ishlab  chiqarishni  innovatsion  asoslarda  tashkil

          etish ekanligidan dalolat beradi.
            Bugungi  kunda  fan  sig‘imli  mahsulotlarning  jahon  bozori  hajmi
          4  trillion  dollardan  oshiqroqni  tashkil  etadi.  Ushbu  summaning
          39  foizi  AQSh  hisobiga  va  faqatgina  0,3  foizi  Rossiya  ulushiga
          to‘g‘ri keladi. Ushbu holatda Rossiyada dunyo olimlari, muhandis-
          loyihalovchilarining  12  foizi  faoliyat  ko‘rsatsalar,  bu  ko‘rsatkich
          AQShda  25  foizni  tashkil  etadi.  Bugungi  kunda  Rossiyada  92  ta

          venchur fondlari ro‘y xatga olingan bo‘lsada, amalda ularning faqat
          beshdan bir qismi faoliyat ko‘rsatayotganligi, mamlakatda venchurli
          moliyalashtirishni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishni taqozo
          etadi.
            Qozog‘istonda  venchurli  kapital  endi-endi  o‘zining  dastlabki
          qadamlarini tashlab, bozorda o‘zining mavqeyini mustahkamlab
          bormoqda.      Qozog‘istonda       “Qozog‘istonni       2020-yilga      qadar
          innovatsion  rivojlantirish  konsepsiyasini  tasdiqlash  to‘g‘risida”
          Prezident Farmoni qabul qilingan bo‘lib, mazkur hujjatga ko‘ra,

          innovatsion o‘zga rishlarni moliyalashtirishni qo‘llab-quvvatlash
          maqsadida      venchur      industriyasini      rivojlantirish    masalalari
          hukumatning dolzarb vazifalaridan biri ekanligi taʼkidlab o‘tilgan.
            Qozog‘iston bugungi kunda AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Isroil

                                               419
   415   416   417   418   419   420   421   422   423   424   425