Page 425 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 425

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                • kompaniyaning o‘z kapitalidagi aksiyalarning turli tiplari va
             ko‘rinishlari;
                • opsionlar;
                • qarz vositalari;
                • kapitalni tarqoqlanishdan himoya qilish usullari.

                  Kompaniyaning  investitsiyalashgacha  bo‘lgan  qiymati  –
             “qiymatni birlamchi baholash” – bu bevosita venchurli investitsiya
             kiritili shidan  oldin  aniqlanuvchi  va  mavjud  mulk  egalari  va  yangi
             investorlar o‘rtasida o‘zaro kelishiluvchi kompaniya qiymatidir. Yaʼni
             bu kapitalning yangi qismini investitsiyalashdan oldingi kompaniya
             aksionerlik kapitalining qiymati hisoblanadi. Kompaniyaning
             investitsiyalashgacha bo‘lgan va investitsiyalashdan keyingi qiymati
             o‘rtasidagi  farq  investitsiyalarga  teng  bo‘ladi.  Kompaniyaning
             dastlabki qiymati baholanayotgan kompaniyaning qimmatli

             qog‘ozlariga  investitsiyalar  kiritishning  maqsadga  muvofiqligini
             ko‘rsatadi,  yaʼni  u  investor  uchun  jozibadorlik  nuqtayi  nazaridan
             hisoblab chiqiladi. Investorda kompaniya to‘g‘risida ijobiy qarashlar
             paydo  qilish  katta  foyda  keltiradi,  shuning  uchun  ham  menejerlar
             kompaniya qiymatini oshirishga harakat qiladilar.
                Kompaniya qiymatini dastlabki baholash quyidagilarga bog‘liq:
                • tarmoq va kompaniyaning umumiy xususiyatlari (uning hajmi,

             ishlab chiqarayotgan mahsuloti), hamkorlari, raqobatchilari va mi-
             jozlari;
                • moliyaviy barqarorlik, likvidlik va rentabellik koeffitsiyentlarini
             hisobga olish, tezkor tahlilni amalga oshirish kabi vositalar yordamida
             o‘rganiluvchi kompaniyaning moliyaviy holati to‘g‘risidagi hujjatlar
             to‘plami (ustav, taʼsis hujjatlari, buxgalteriya balansi, foyda va zarar
             to‘g‘risidagi hisobot va boshqalar).
                Dastlabki qiymatni hisoblash bitimlarning tarkibini aniqlashti rish,

             yaʼni  jalb  qilinayotgan  mablag‘lar  miqdorini,  chiqarilayotgan  aksiya-

             lar  narxi  va  ularning  sonini  bilishda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Jalb
             qilinayotgan mablag‘lar miqdori asosli bo‘lishi va kompaniya ehtiyoj lariga
             javob berishini lozimligini inobatga olsak, investitsiyalarning miqdori
             ham kompaniyaning dastlabki qiymatiga mutanosib bo‘lishi kerak.

                                                  424
   420   421   422   423   424   425   426   427   428   429   430