Page 421 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 421
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
kabi taraqqiy etgan davlatlarning tajribasiga tayangan holda ichki
va xorijiy ilmiy salohiyat va texnologiyalar transferidan foydalanish
asosida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘zda
tutuvchi innovatsion rivojlanish modelidan keng foydalanmoqda.
Qozog‘istonda venchurli moliyalashtirish masalalarini “Texnologik
taraqqiyot masalalari bo‘yicha Milliy agentlik” aksionerlik jamiyati
nazorat qiladi. Mazkur agentlikning vazifalariga quyidagilar kiradi:
• kichik yuqori texnologiyali kompaniyalarni investitsiyalash;
• qozog‘istonlik va xorijiy investorlar bilan birgalikda texnologik
parklar, biznes-inkubatorlar, venchur fondlar tashkil etish;
• ilg‘or xorijiy venchur fondlariga investitsiyalar kiritish;
• innovatsion infratuzilmani shakllantirish;
• Isroil, AQSh, Yaponiya kabi rivojlangan davlatlarda joylashgan
xo rijiy venchur fondlari kapitali ishtirokida etish orqali texnologiya-
lar transferini amalga oshirish va shu boshqalar
Bugungi kunda, “Texnologik taraqqiyot masalalari bo‘yicha Milliy
agentlik” davlat-xususiy sherikchilik asosida to‘rtta venchur fondi
bilan hamkorlik qiladi. Bunday hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maq-
sad mamlakatda eksportga yo‘naltirilgan yuqori texnologiyali ishlab
chiqarishlarni yo‘lga qo‘yishdan iborat.
Shunday qilib, taraqqiy etgan davlatlarning venchurli moliyalash-
tirishni tashkil etish borasidagi tajribalarini umumlashtirgan holda,
investor uchun venchurli moliyalashtirishning quyidagi afzalliklarini
keltirib o‘tishimiz mumkin:
1. Yaxshi moliyaviy xavfsizlik yostiqchasi, katta miqdordagi
investitsiyalarni kiritish imkoniyati;
2. Investorlar va qo‘yilmalar obyektlarini ikki tomonlama maqbul
tarzda diversifikatsiyalash hisobiga tavakkalchilikni pasaytirish;
3. Tahlilchilar, ekspertlar va loyiha menejerlaridan iborat o‘z
jamoasiga ega bo‘lish;
4. Obyektlarni tanlash va tahlil qilish borasida qatʼiy ishlab
chiqilgan tartibilar;
5. Loyihani amalga oshirish jarayonlarining qatʼiy nazoratga olin-
ganligi;
420