Page 418 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 418

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          kutilganidan ham ziyoda bo‘ldi. A. Rok investorlarga 90 million dollar
          mablag‘ni qaytarib beradi. Rokning ismi muvaffaqiyat timsoli bo‘lib
          qoldi  va  u  birinchilardan  bo‘lib  “venchur  kapitali”  tushunchasini
          kundalik muomalaga olib kirdi.
            Tavakkalchilikka asoslangan moliyalashtirish mexanizmi AQShda

          iqtisodiy  instrument  sifatida  sinovdan  muvaffaqiyatli  o‘tganidan
          so‘ng, unga qiziqish juda ham ortib ketdi. Bu quyidagilar bilan
          bog‘liq  hisoblanadi:  birinchidan,  ko‘pchilik  holatlarda  investorlar
          anʼanaviy moliya-kredit operatsiyalaridan olinishi mumkin bo‘lgan
          daromadlardan  bir  necha  marta  ko‘p  bo‘lgan  real  daromadlarni
          qo‘lga kiritdilar; ikkinchidan, vaqt o‘tishi bilan yuqori tavakkalchilik
          darajasini  pasaytirish  imkonini  beruvchi  yangi  loyihalarni
          moliyalashtirishning  o‘ziga  xos  xususiyatlarini  hisobga  oluvchi
          alohida  boshqaruv  usullari  ishlab  chiqildi;  uchinchidan,  iqtisodiy

          va ilmiy taraqqiyot uchun eng muhim bo‘lgan moliyalashtirishning
          venchurli  mexanizmi  innovatsiyalar  va  ishlanmalarni  ularni
          amalga  oshirishning  dastlabki  bosqichlaridayoq  moliyalashtirish
          imkoniyatini taʼmin etdi.
            Isroil davlati yangi texnologiyalar evaziga katta iqtisodiy sakrashni
          amalga  oshirgan  dunyo  davlatlaridan  biri  hisoblanadi.  Bu  sakrash,
          eng  avvalo,  venchur  biznesini  muvaffaqiyatli  yo‘lga  qo‘yilganligi

          bilan bog‘liq. Venchurli moliyalashtirishning Isroil modeli 80-yillar-
          ning oxirida shakllana boshladi.
























                                               417
   413   414   415   416   417   418   419   420   421   422   423