Page 413 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 413

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             ulushi  80  foizgacha  kelishib  olinadi.  Investorlarning  maqsadi  kor-
             xona boshqaruvini egallash emas, shuning uchun aksiyalarni aksariyat
             qismi  kichik  korxona  rahbariyatida  qoladi,  venchurli  investor  esa
             ushbu innovatsiyalarni yaratish va amaliyotga tatbiq etish jarayonida
             faol qatnashadi va taʼsischi sifatida foyda ulushini oladi. Keyinchalik,

             investitsiya  loyihasi  amalga  oshirilgach,  investor  o‘ziga  tegishli
             aksiyalarni fond birjasida yoki korxona rahbariyatiga olgan narxidan
             yuqoriroq narxga sotadi(chunki korxonaning umumiy qiymati ushbu
             davrga qadar oshgan bo‘ladi) va shu tariqa “o‘yindan” chiqadi. Venchur
             moliyalashtirishning asosiy afzalligi o‘rtacha daromadlilik darajasining
             yuqoriligi  bo‘lib,  mamlakat  iqtisodiyoti  bo‘yicha  ko‘riladigan
             daromaddan 2-3 barobar ko‘p miqdorni tashkil etadi. Masalan, AQSh
             iqtisodiyoti bo‘yicha XX asrning oxirgi o‘n yilligida o‘rtacha daromad
             darajasi 8 foiz bo‘lsa, venchur kompaniyalarining daromadlilik darajasi

             o‘rtacha 20 foizni tashkil etgan.
                Shunday qilib, investitsiya loyihalarini venchur kapitali hisobiga
             moliyalashtirishning xususiyatlari quyidagilardan iborat:
                • Investitsiya loyihasini dastlabki bosqichidan boshlab noaniqlik
             va risk darajasini yuqoriligi;
                • Venchur kapitali egalari foiz va taʼminot shartlarini qo‘ymaydilar
             va uzoq muddatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aksiyadorlik kapitaliga

             investitsiyalar kiritadilar;
                • Investitsiyalar yuqori ilmiy-texnologik loyihalarga kiritilishi va
             daromadliligiga qarab sarmoyalar tarmoqlararo taqsimlanishi.
                Masalan,  AQShda  1980-yillarda  hisoblagich  texnikasiga  venchur
             kapitalini  26  foiz  sarflangan  bo‘lsa,  1990-yillarda  bu  ko‘rsatkich
             43  foizni  tashkil  etdi,  energetika  sohasida  esa  aksincha,  energiya
             manbalariga narxlar tushgani sababli venchur investitsiyalar hajmi
             ushbu davrda 20 foizdan 2 foizgacha qisqardi.
                • Venchurli investorlar faqat mablag‘ ajratish bilan chegarala nib

             qolmaydilar, ular korxona boshqaruvida faol qatnashib, o‘z tajriba-
             lari,  malakalari,  biznes  hamkorlari  bilan  yordam  berib,  keragicha
             imkoniyatlar yaratib, venchur kichik korxonasiga “ilm – ishlab chiqa-
             rish” jarayonidagi barcha sharoitlar yaratib beradi.

                                                  412
   408   409   410   411   412   413   414   415   416   417   418