Page 414 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 414
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Umumiy qilib aytganda, investitsiya loyihalarini venchur kapital
hisobiga moliyalashtirish – bu yuqori texnologik tarmoqlardagi kor-
xonalarning oyoqqa turishi, rivojlanishi va innovatsion mahsuloti
bilan tanilishini taʼminlaydigan investitsiyalashni noanʼanaviy yuqori
riskli turi venchurli moliyalashtirish qo‘llash oqibatida rivojlangan
davlatlar bir qancha makroiqtisodiy yutuqlarga erishdilar, xususan:
• Investorlar risk darajasi balandligiga qaramay investitsiyalash
to‘g‘risida qarorlar qabul qilishlari, iqtisodiyotda moliyaviy resurslarni
samarali taqsimlanishiga olib keldi;
• Yangi innovatsion korxonalar yaratilishi yuqori texnologik
tarmoqlarni rivojlantirishga, mamlakatni raqobatbardoshligini oshi-
rish ga zamin yaratadi;
• Yangi ish o‘rinlar yaratilishi, ayniqsa, yuqori intellektual boylik
egalari yangi innovatsion sohalarda salohiyatlarini namoyon etishga
moliyaviy imkoniyatlar barpo etiladi;
• Mamlakatda daromadni o‘rtacha darajasi o‘sishi, chunki venchurli
moliyalashtirishda u nisbatan baland bo‘ladi va boshqalar.
Investitsiya loyihalari venchur kapitali hisobiga moliyalashtirish
ilmiy-tadqiqot ishlanmalarning tijoratlashuviga, yaʼni innovatsion
g‘oya tayyor innovatsion mahsulotga aylanishiga moliyaviy yordam
beradi. Undan tashqari, ilmiy-tadqiqot ishlanmalarga bo‘lgan talab
venchurli investorlarga yuqori daromad olishga imkoniyat yaratib,
davlatga innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tishga, ilm-texnika
taraqqiyoti darajasini oshirishga turtki bo‘ladi.
Mamlakatimiz rahbari tomonidan tashkil etilayotgan venchur
fondlari yagona ijtimoiy to‘lovdan tashqari barcha soliq turlari va
majburiy to‘lovlardan 2023-yilning 1-yanvariga qadar ozod etilganlar.
Bundan tashqari, yuqori texnologiyali loyihalar – start-uplar, ilmiy-
tadqiqot muassasalari, innovatsion markazlar, loyiha-konstruktorlik
byurolari, yangi texnologiyalar transferi bilan shug‘ullanuvchi
tashkilotlar ham barcha soliq turlari va majburiy to‘lovlardan ozod
etilgan.
Umuman olganda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
413