Page 417 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 417

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             xodim.  Uning  vazifasi  –  bitimlar  bo‘yicha  hujjatlar  tayyorlash  va
             portfel kompaniyalar bilan hamkorlik qilish.
                3)   tahlilchi  –  foydada  ishtirok  etmaydigan  yollanma  xodim.  U
             sektorlar  va  kompaniya  faoliyatini  tahlil  qiladi,  baʼzan  bitimlarni
             tayyorlash va kompaniyani boshqarishda ham ishtirok qiladilar.

                Odatda,  bitta  kompaniyaga  investitsiyalar  kiritish  bir  necha
             bosqichlardan iborat bo‘ladi. Bunday yondashuv ilk bosqichlardayoq,
             muvaffaqiyatsiz loyihalarni aniqlab olish va ularni moliyalashtirishni
             o‘z vaqtida to‘xtatish imkonini beradi. Tadbirkor keyingi
             bosqichlarda ko‘proq investitsiyalarga ega bo‘lish uchun o‘z mehnati
             mahsuldorligini yanada oshirishga harakat qiladi.
                Shu sababli ham venchur fondlar o‘z mablag‘larini asta-sekinlik
             bilan  yillar  davomida  sarflaydilar.  Investorlar  fondga  barcha
             mablag‘larni birdaniga o‘tkazib bermaydilar, balki zaruriyatga qarab,

             ol dindan kelishilgan miqdorlarda o‘tkazib boradilar.
                Jahon  amaliyotining  ko‘rsatishicha,  ingliz-amerika  qonunchiligi
             doirasida  ko‘zda  tutilgan  cheklangan  hamkorlik  to‘g‘risidagi
             shartnoma  (kommandit  shirkat-Limited  Partnership,  LP)  venchurli
             fondga eng mos keluvchi tashkiliy-huquqiy tuzilma hisoblanadi.
                AQShda  mikroelektronikaning  paydo  bo‘lishi  va  rivojlanishi
             venchur  kapitalining  muvaffaqiyati  borasida  yorqin  misol

             bo‘la  oladi.  1947-yilda  Bell  Laboratories  xodimlari  J.  Bardin,  U.
             Bretten  va  U.  Shoklilar  birinchi  yarim  o‘tkazgichli  tranzistorni
             namoyish  qiladilar.  Bu  haqiqatdan  ham  inqilobiy  kashfiyot
             bo‘lib, uning amalda qo‘lla nilishi besunaqay elektron lampalarga
             ehtiyoj qoldirmas edi. Buning natijasida 1950-yillarning oxiriga
             kelib,  IBM  kompaniyasining  asoschilaridan  birining  o‘g‘li  Sh.
             Feyrchayldning  mablag‘lari  evaziga  “Faierchild  Semiconductor”
             kompaniyasi dunyoga keldi. Kapital jalb qilish masalalari bilan
             A. Rok shug‘ullanadi, dastlabki investitsiyalar hajmi 1,5 mln

             dollarni  tashkil  etdi.  Dunyodagi  birinchi  mikrosxemalar  mazkur
             kompaniyaning “yulduzli” loyihasiga aylandi.
                Keyinchalik A. Rok 1961-yilda 5 million dollarlik fond tashkil qiladi,
             mazkur  fondning  3  million  dollari  investitsiya  qilinadi.  Natijalar

                                                  416
   412   413   414   415   416   417   418   419   420   421   422