Page 422 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 422

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
            6.  Fondlar ilk muvaffaqiyatsizlikni boshidan kechirayotgan loyi-
          halarni o‘z holicha tashlab qo‘ymaydilar, imkoniyat darajasida loyi-
          hani oxirigacha yetkazishga harakat qiladilar.
            Shu bilan bir qatorda, venchurli moliyalashtirish bir qator o‘ziga
          xos  kamchiliklarga  ham  egaligini  unutmasligimiz  lozim.  Bunday

          kam chiliklar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
            1.  Boshqaruvchilarga yetarlicha katta komission to‘lovlar to‘lash.
          Muvaffaqiyatga erishilgan chog‘da foyda ulushining kamayishi.
            2.  Bir paytning o‘zida va uzoq muddatga sezilarli darajada katta
          summani investitsiya qilish.
            3.  Loyihani  amalga oshirish  jarayonlarining  borishiga investor-
          larning  yetarlicha  taʼsir  ko‘rsata  olmasligi.  Bu  kamchilik  ko‘pchilik
          potensial investorlarni cho‘chitadi.


                           10.4. Investitsion bitimlarni tuzish

            Investitsiyalar obyekti tanlab bo‘lingach, investor va tadbirkorlar
          o‘rtasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarning oldini olishga
          qaratilgan investitsion bitimlarning asosiy qoidalarini belgilash
          borasidagi ularning birgalikdagi ishi boshlanadi. Tomonlardan biri-
          ning kompaniyaning bozordagi istiqbollari o‘zgarishi holatidagi
          opportunistik xulq-atvori, kompaniya tushumlarini taqsimlashda

          tomonlarning kelisha olmasligi, minoritar aksionerlarning vujudga
          kelish ehtimoli kabilar nizolarning asosiy manbai bo‘lib hisoblanadi.
























                                               421
   417   418   419   420   421   422   423   424   425   426   427