Page 423 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 423
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Tadbirkor nimani istaydi:
• muvaffaqiyatli biznesni yo‘lga qo‘yishni;
• o‘z biznesi uchun maqbul moliyalashtirish manbaiga ega bo‘lishni;
• biznesda o‘zining katta ulushiga ega bo‘lishni va nazorat qilishni;
• o‘z biznesini rivojlantirish uchun hamkorlik aloqalari o‘rnatishni;
• investorlar bilan tavakkalchiliklarni bo‘lishni;
• muvaffaqiyatli biznes yuritish orqali ko‘p pullarga ega bo‘lishni.
Manfaatlar
to‘qnashuvi
Investor nimani xoxlaydi:
• investitsiyalar tavakkalchiligini kamaytirish maqsadida daromadlarni mak-
simallashtirishni;
• investitsiyalar o‘z yo‘nalishi bo‘yicha foydalanilishini kuzatib borishni;
• biznes muvaffaqiyatli rivojlangan taqdirda uni keyinchalik ham moliya-
lashtirishda ishtirok etishni;
• ko‘zda tutilgan muddatlarda loyihadan chiqishni;
• investitsiya bozorida o‘z obro‘siga ega bo‘lishni.
10.5-rasm. Venchurli investor bilan uning mablag‘lari kiritilgan kompaniya
egalarining manfaatlari to‘qnashuvi manbalari.
Manba: A.A. Mamatov, T.T. Jo‘rayev, A.N. Erkayev Innovatsion
iqtisodiyot. –T.: 2019, 456 bet.
Mazkur nizolarni minimallashtirish uchun bir tomondan investorlar
o‘zlari talab qilayotgan daromadga ega bo‘lishlarini taʼminlash,
boshqa bir tomondan esa tadbirkorni kompaniya qiymatini oshirishga
eng yuqori darajada undash va shu bilan birgalikda, investorni
kompaniyaga shunchaki investitsiyalar emas, balki keragidan ham
ko‘proq ulush qo‘shishga ishtiyoq uyg‘otish maqsadida investitsiya
bitimlari tuzilmasi bo‘lg‘usi moliyaviy daromadlarni taqsimlaydi.
Shunday qilib, investitsiya bitimining tuzilishi – bu yangi kompaniyalarga
sarmoya kiritadigan turli tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni
belgilovchi va vujudga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarning oldini olish
tizimi hisoblanadi. Bunda ishtirokchilar ning (venchur investorlar, biznes
422