Page 428 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 428

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          loyihalash, ishlab chiqish va ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi
          uskunalar, texnologiyalar, xizmatlar, muhandislik tuzilmalarini
          yaratish va joriy qilish, mablag‘lar ajratilishini taʼminlash va ulardan
          foydalanish uchun yangi tashkiliy shakllar va boshqaruv usullarini
          ishlab chiqish va amalga oshirishdan iborat.

            Innovatsiyalarni moliyalashtirish tizimining asosiy vazifalari qu-
          yidagilardan iborat:
              moliyaviy  resurslarni  jamlash  va  boshqarish  uchun  shart-
          sharoitlarni yaratish;
             moliyaviy resurslarni innovatsion siyosatning asosiy yo‘nalishla-
          riga jamlash imkoniyatini taʼminlash.
            Innovatsion  faoliyatni  moliyalashtirish  bir  qator  muhim
          xususiyatlarga egaligi bilan ajralib turadi:
            Birinchidan, har qanday yangilik, ayniqsa uni ishlab chiqish va

          amalga oshirish katta investitsiyalarni talab qiladi va odatda, mavjud
          ishlab chiqarishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashdan ko‘ra yetarlicha
          serxarajat hisoblanadi.
            Ikkinchidan, innovatsion mahsulotlarning eksperimental modeli-
          dagi investitsion ishlanmalar xatarlilik darajasining yuqoriligi bilan
          ajralib turadi, chunonchi ushbu holatda innovatsiyalar hali amalga
          oshirilmagan bo‘ladi, bu o‘z navbatida pul qaytimini kafolatlamaydi.

          Shu bilan bir qatorda, innovatsiyalarga investitsiya kiritish kelgusida
          investorning yuqori daromadga ega bo‘lishiga imkon yaratadi.
            Uchinchidan, rivojlangan mamlakatlarda moliyalashtirish hajmi
          va modellari innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish
          vositasi sifatida qo‘llaniladi.
            Innovatsion sohaga turli tashkilotlar sarmoya kiritishi mumkin:
          tadbirkorlar,  davlat  idoralari,  tijorat  banklari,  moliya-sanoat
          guruhlari, korporatsiyalar, xalqaro  tashkilotlar, ixtisoslashtirilgan
          fondlar,  jismoniy  shaxslar  va  boshqa  maqsadli  manbalar.  Ularning

          aksariyati innovatsiyalarga investitsiya kiritadilar va imtiyozli
          shartlarda kreditlar beradilar.
            Innovatsiyalarni  moliyalashtirish  tizimi  quyidagi  vazifalarni  hal
          qilishni ko‘zda tutadi:

                                               427
   423   424   425   426   427   428   429   430   431   432   433