Page 432 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 432

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          qarzlarini hisobga olish va mijozlarga muntazam ravishda hisobot
          berish, to‘lovlarning o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish va qarz-
          dor bilan hamkorlik qilish kabilarda foydalanishi mumkin.
            Shuningdek,         innovatsion        faoliyatni      moliyalashtirishda
          kompaniyalar  o‘zini-o‘zi  moliyalashtirish usulidan ham keng

          foydalanadilar, bunda kompaniya muayyan bir innovatsion loyihani
          moliyalashtirish  maqsadida  o‘z  foydasining  muayyan  bir  qismini
          jamg‘arib boradi.
            Shuni  taʼkidlash  kerakki,  moliyalashtirish  manbalari  doirasining
          kengayishi innovatsion faoliyatning rivojlanishiga katta turtki beradi.
          Innovatsiyalarning izchil joriy etilishi mamlakat YIMning o‘sishiga,
          aholi turmush sifatining yaxshilanishiga xizmat qiladi.


                                 AMALIY TOPSHIRIQLAR



                                  Nazorat uchun savollar
            1. Innovatsion kompaniyaning hayotiylik sikli bosqichlarini ko‘rsatib
          bering va hayotiylik siklining har bir bosqichda innovatsion faoliyatni
          moliyalashtirishning maqbul bo‘lgan manbalarini aytib bering.
            2. Innovatsion faoliyatni biznes-farishtalar yordamida moliyalashtirish
          va  venchurli  moliyalashtirishning  umumiy  va  bir-biridan  farqlovchi

          jihatlarini sanab o‘ting.
            3.  Kompaniyaning  moliyaviy  resurslari  tarkibida  venchurli
          moliyalashtirishning o‘rnini tavsiflab bering.
            4.  O‘zbekistonda  venchur  biznesini  rivojlantirishga  to‘sqinlik
          qilayotgan asosiy sabablar nimalardan iborat?
            5. Venchurli moliyalashtirishning rivojlangan mamlakatlar tajribasi
          va ularning bir-biridan farqlovchi jihatlari haqida gapirib bering.


            1-topshiriq.

            Tadqiqot va ishlanmalarga eng ko‘p mablag‘ sarflaydigan mamlakatlar
          orasida: Isroil (5,56%); Janubiy Koreya (4,93%); Belgiya (3,46%); AQSh
          (3,46%); Shvetsiya (3,42%) alohida o‘rin tutadi. Mamlakatimizda bu
          boradagi vaziyatni tahlil qiling va xulosalar yasang.

                                               431
   427   428   429   430   431   432   433   434   435   436   437