Page 431 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 431

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             darajasi  yuqori  bo‘lgan  venchur  kapital  biznesiga  to‘g‘ridan-to‘g‘ri
             investitsiyalardir. mazkur investitsiyalar quyidagilarni ko‘zda tutadi:
                1. venchur faoliyatining muvaffaqiyatiga ishonish;
                2. mustaqil tadqiqotlar olib borish va ilg‘or texnologiyalarni
             tijoratlashtirish borasida shart-sharoitlarning mavjud emasligi.

                Venchurli     moliyalashtirishning        xususiyatlari     quyidagilarda
             ifodalanadi:
                1. muayyan darajadagi xavfsizlikni taʼminlash borasida moliyaviy
             mablag‘lar ajratilmaydi;
                2. investor ustav kapitalida majburiy ishtirok qiladi;
                3. mablag‘lar uzoq vaqt davomida bepul taqdim qilinadi;
                4. investorlar kompaniyani boshqarishda faol ishtirok etadilar.
                Qoplanish  muddati  uzoq  bo‘lgan  qimmat  mahsulotlarni  ishlab
             chi qaruvchilar va isteʼmolchilar ushbu tovarlarni ishlab chiqarish va

             sotishni moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalariga katta qizi qish
             bilan qaraydilar. Bunday moliyalashtirish usullaridan biri lizing hisob-
             lanadi. Lizingning iqtisodiy mazmunini tahlil qilar ekanmiz, uni n g ta-
             biati kredit munosabatlariga bir muncha o‘xshab ketadi. Li  zing ning
             o‘zi ga xosligi shundaki, lizing bank kafolatlari, kafillik va garovni ta-
             lab qilmaydi va shuning uchun ham, u bugungi kunda inno vat sion
             loyihalarni moliyalashtirishning juda keng tarqalgan usuliga aylandi.

                Paketlash  qisqa  muddatli  loyihalarni  amalga  oshirish bilan  bir
             qatorda, uzoq muddatli innovatsion loyihalarni moliyalashtirishni
             o‘z ichiga oladi.
                Forfeyting tijorat kreditini bank kreditiga aylantirish usulini ifoda
             etadi. U innovatsion kompaniyada mahalliy ishlab chiqarish uchun
             zarur bo‘lgan mahsulotlarni sotib olish imkoniyati bo‘lmagan hollarda
             qo‘llaniladi.  Xaridor  o‘ziga  kerak  bo‘lgan  mahsulot  sotuvchisini
             qidiradi va tijorat bankining oldindan roziligi bilan (uchinchi tomon
             bitimi) uni forfeyting shartlari asosida etkazib berishga rozi bo‘ladi.

                Faktoring  –  bu  debitorlik  qarzlarini  o‘tkazish  hisobiga  banklar
             tomonidan mijozlarga ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlar guruhi.
             Innovatsion kompaniya faktoring xizmatlaridan tovarlarni yetkazib
             berishni moliyalashtirish, kredit risklarini sug‘urtalash, debitorlik

                                                  430
   426   427   428   429   430   431   432   433   434   435   436