Page 430 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 430

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
            Budjetdan moliyalashtirish uchun quyidagi tamoyillar xos:
            −  eng past xarajatlar evaziga eng yuqori ijtimoiy samaraga erishish;
            −  budjet resurslaridan foydalanishning maqsadli tabiati;
            −  korxona va tashkilotlarni avvaldan rejalashtirilgan mablag‘lar
          rejasi doirasida moliyalashtirish.

            Tijorat asosida moliyalashtirish tegishli usullar yordamida amalga
          oshiriladi. Uning o‘ziga xos xususiyati xususiy va qarz mablag‘laridan
          foydalanishda namoyon bo‘ladi.
            Tijorat moliyalashtirish  usullarining  butun majmui to‘g‘ridan-
          to‘g‘ri va bilvosita moliyalashtirish usullaridan tashkil topadi.
            Innovatsiyalarni bevosita moliyalashtirish manbalariga quyida-
          gilarni kiritish mumkin:
            •  bank kreditlari;
            •  innovatsion kreditlar;

            •  emissiya qilinuvchi vositalar;
            •  venchur kompaniyani tashkil etish uchun moliyaviy resurslarni
          jalb qilish;
            •  o‘z-o‘zini moliyalashtirish;
            •  uzoq muddatli innovatsion loyihalar paketi;
            •  ortiqcha aktivlarni sotish va vaqtincha bo‘shatilgan aktivlarni
          ija raga berishdan olingan pul mablag‘lari;

            •  mol-mulk uchun garov sifatida olingan mablag‘lar;
            •  texnologiya va nou-xau sotishdan olingan daromad;
            •  forfeyting;
            •  faktoring.
            Venchurli moliyalashtirish innovatsion faoliyatni amalga oshi-
          rish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy resurslarni jalb qilishni o‘z ichiga
          oladi,  bu  mablag‘larning  maʼlum  bir  qismini  yoki  kompaniyaning
          ustav kapitalida maʼlum bir ulushni taqdim etadi. Uni innovatsion
          moliyalashtirish uchun ishlatish juda foydali deb hisoblanadi, ammo

          bu risk darajasi yuqori bo‘lgan kapital hisobiga moliyalashtiriluvchi
          kichik  innovatsion  kompaniyalarning  muvaffaqiyatini  kafolatla-
          maydi.
            Venchur  fondlari-bu  kompaniya  aksiyalari  evaziga  xatar

                                               429
   425   426   427   428   429   430   431   432   433   434   435