Page 427 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 427

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             investorlarga imtiyozli aksiyalar berishdan uncha ham farq qilmaydi
             va bir qator holatlarda (masalan, kapitalning tarqoqlanishi xavfining
             yuzaga  kelishi  sharoitida  soliqni  optimallashtirish)  ikkala  tomon
             uchun  ham  manfaatli  hisoblanadi.  Odatda,  barcha  investitsiyalar
             ham qarz shaklida taqdim etilavermaydi, faqat ularning maʼlum bir

             qismigina  qarz  shaklida  taqdim  etilishi  mumkin,  xolos.  Ko‘pincha
             bunday qarz konvertatsiya qilinishi va kompaniyaning aksiyalariga
             aylantirilishi  mumkin.  Bu  investorning  kompaniyadagi  “haqiqiy”
             ulushi  u  kompaniyaga  taqdim  etgan  kreditidan  (foizlarini  hisobga
             olgan holda) sezilarli darajada ortiq bo‘lganda yuz beradi. Kompaniya
             muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda, sarmoyadorlar “investitsiya”
             yondashuviga rioya qilganliklari sababli, kredit va foizlar ko‘p hollarda
             hisobdan chiqariladi va talab qilinmaydi.


                               Mavzu bo‘yicha qisqacha xulosalar

                Iqtisodiy globallashuv davrida mamlakat iqtisodiy rivojlanishi
             borasidagi  qarashlar    sezilarli  o‘zgarishlarga  duch  keldi.  Bugungi
             kunda mamlakatlarning iqtisodiy taraqqiyotini taʼminlashda yuqori
             texnologiyalar muhim o‘rin tutadi. Yuqori texnologiyalarga asoslangan
             soha va tarmoqlarni vujudga keltirish va yangi yuqori texnologiyali
             mahsulotlar  ishlab  chiqarish  aksariyat  rivojlangan  mamlakatlarda

             barqaror iqtisodiy o‘sishning asosiy omillari hisoblanadi.
                Yangi mahsulot yoki xizmatni yaratish jarayoni ko‘p resurs va
             vaqt talab qiluvchi uzoq jarayondir. Ushbu jarayonning eng muhim
             bosqichi mahsulot yoki xizmatni bozorga kiritish hisoblanadi. Buni
             iloji boricha tezroq amalga oshirish va kamroq sarflash uchun har bir
             tadbirkor o‘z loyihasini bozorga qanday qilib to‘g‘ri olib chiqish va
             unga moliyalashtirishni jalb qilishni bilmog‘i lozim.
                Zamonaviy dunyoda innovatsiyalarni moliyalashtirish muammosi
             dunyoning  ko‘plab  mamlakatlari  uchun  eng  dolzarb  hisoblanadi,

             chunki innovatsiyalarni yaratish va joriy qilish ijtimoiy-iqtisodiy ri-
             voj lanishning  hal  qiluvchi  omili  va  iqtisodiy  xavfsizlik  kafolati  hi-
             soblanadi.
                Innovatsion  faoliyatni  moliyalashtirish  yangi  mahsulotlarni

                                                  426
   422   423   424   425   426   427   428   429   430   431   432