Page 424 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 424

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          asoschilari,  menejerlarning  boshqaruv  jamoasi,  biznes-farishtalar)  har
          birining manfaatlari va maqsad lari turlicha bo‘lishi mumkin.
            Shu bilan bir qatorda, investitsiya bitimining namunaviy hujjatlarini
          bitimning  taklif  qilingan  shartlarini  aks  ettiruvchi  boshlang‘ich
          hujjatlarga va investor bilan tadbirkor o‘rtasida olib borilgan

          muzokaralar  natijasida  erishilgan  kelishuvlarni  mustahkamlovchi
          yakuniy hujjatlarga bo‘lishimiz mumkin. Investor va tadbirkor
          o‘rtasida eri shilgan kelishuvlarni hujjatlarda mohirona aks ettirish
          talab etiladi, bunda huquqshunoslarning masʼuliyati juda ham katta.
            Boshlang‘ich       hujjatlarda     tomonlar      o‘rtasida    muzokaralar
          o‘tkazishning  asosiy  obyekti  bo‘lgan  investitsion  bitimning  barcha
          shartlari aks ettiriladi. Investitsion bitimlar tuzishda quyidagi
          masalalarga alohida eʼtibor qaratiladi:
            • aktivlarning turi va kapital tarkibi;

            • ovoz berish huquqi, direktorlar kengashi va korporativ boshqaruv;
            • asosiy xodimlarning ishlash tartibi;
            • dividendlarni to‘lash siyosati, dividendlar to‘lash bo‘yicha cheklashlar;
            • tugatish borasidagi imtiyozlar;
            • menejerlarning xatti-harakatlari va aksiyalarni sotish borasidagi
          cheklashlar;
            • investitsiyalardan chiqishning asosiy yo‘llari;

            • maʼlumotga egalik qilish huquqi;
            • bitimni amalga oshirish shartlari  va bitimni amalga oshirish
          xarajatlari.
            Har  qanday  investitsiyaviy  bitim  uchun  birdek  muhim  bo‘lgan
          hujjatlarning to‘liq ro‘yxatini tuzish mumkin emas. Yuridik shaxs
          faoliyat ko‘rsatuvchi va pul mablag‘lari investitsiyalanuvchi huquqiy
          makon ushbu ishda eng muhim omil hisoblanadi. Shunga ko‘ra,
          muayyan hududning qonunchiligi ko‘p jihatdan investitsiya hujjatlari
          tuzilishi borasidagi cheklovlarni belgilab beradi.

            Bitimlarni tuzishda foydalaniladigan asosiy vositalar quyidagilardan
          iborat:
            • kompaniyaning investitsiyadan oldingi va investitsiyalashdan
          keyingi qiymatini aniqlash usullari;

                                               423
   419   420   421   422   423   424   425   426   427   428   429