Page 429 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 429

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                •  milliy iqtisodiyotning barcha darajalarida innovatsiyalarni tez va
             samarali amalga oshirish uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish;
                •    rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarida strategik innovatsion
             salohiyatni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish;
                •  ilm-fan va texnologik taraqqiyot natijalari, malakali kadrlarning
             innovatsiyalar  sohasidan  chiqib  ketishidan  himoya  qilish  borasida

             zaruriy choralarni ko‘rish.
                Moliyalashtirish tizimining unsurlari:
                1. Mablag‘larning kelib chiqish manbalari;
                2. Innovatsion loyihalar va maqsadli dasturlarga pul daromadlari
             va investitsiyalarni jamlash mexanizmi;
                3. Investitsiyalarni monitoring qilish mexanizmlari, shu jumladan
             o‘z mablag‘lari va qarz mablag‘laridan foydalanish samaradorligini
             baholash va qaytarib berish tizimlari.
                Innovatsion sohaga investitsiyalarning sarflanishi, shu jumladan

             naqd pul tushumlarini jamg‘arish mexanizmi, ularning maqsadli
             innovatsion loyihalar va dasturlarga investitsiya sifatida yo‘naltirilishi
             nazorat qilib boriladi.
                Moliyaviy nazorat tizimi quyidagilarni taʼminlashni ko‘zda tutadi:
                −  bir yoki bir nechta mumkin bo‘lgan kanallar orqali moliyaviy
             resurslarga  bo‘lgan ehtiyoj va moliyaviy  resurslarni olishning real
             imkoniyatlari o‘rtasidagi muvozanat;

                −  korxonalar tomonidan davlat va mahalliy budjetlar oldidagi
             moliyaviy majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarishi, korxonalar
             tomonidan pul mablag‘larining oqilona sarflanishi;
                −    mijozlar,  pudratchilar  va  taʼminotchilar  bilan  iqtisodiy
             munosabatlar amaliyotida yuzaga keladigan boshqa muammolarni
             hal qilish.
                Innovatsion  faoliyatni  barcha  bosqichlarda  moliyaviy  qo‘llab-
             quvvatlash  bozor tomonidan  innovatsion  natijalarni inkor  qilish
             xatarini kamaytirish va uning samaradorligini oshirishga ko‘mak-

             lashadi.
                Moliyalashtirishni budjetdan moliyalashtirish va tijorat asosida
             moliyalashtirish manbalariga ajratish mumkin.

                                                  428
   424   425   426   427   428   429   430   431   432   433   434