Page 433 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 433
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
2- topshiriq.
Yuqori texnologiyali mahsulotlar eksporti Xitoyda 942 milliard
dollar; Gonkongda 431 milliard dollar; Germaniyada 209 milliard
dollar; AQShda 169 milliard dollar; Janubiy Koreyada 164 milliard
dollarni tashkil qiladi. Mamlakatimizda esa bu ko‘rsatkich umumiy
eksportda 3 foizni tashkil qiladi. Yuqori texnologiyali ishlab chiqa-
rishlarni rivojlantirish borasida qanday chora-tadbirlarni amalga
oshirish lozim, deb o‘ylaysiz?
3- topshiriq.
Innovatsion loyihalarni moliyalashtirishda tijorat banklarining
o‘rnini qanday baholaysiz?
4- topshiriq.
O‘z so‘zlaringiz bilan start-upga taʼrif bering. Start-uplarning
boshqa tashkiliy shakllardan 3 ta asosiy farqli tomonlarini ko‘rsating.
Start-up larning afzalliklari va kamchiliklarini sanab o‘ting.
5- topshiriq.
Start-uplar: mamlakat iqtisodiyoti; jamiyatning ijtimoiy-iqtiso-
diy rivojlanishi; start-up asoschilari; start-up ekotizimining boshqa
ishtirokchilari uchun qanday afzalliklar taqdim qilishini misollar
yordamida tushuntiring.
6- topshiriq.
Dunyodagi eng mashhur kraudfanding platformalarini o‘rganing.
Ulardan birini tanlang va unda loyihani joylashtirish shartlarini,
loyi hani qabul qilish shartlari, moliyalashtirish, kraudfanding
xizmatlari uchun to‘lov miqdorini batafsil o‘rganing. Qaysi
sohalardagi loyihalar kraudfandingli moliyalashtirishda katta
imkoniyatga ega?
7- topshiriq.
Hacknovation-2024 hakatoniga arizalar qabul qilinmoqda
Unda universitet, sanoat va maktab yo‘nalishlaridan birida jamoa
shaklida ishtirok etish mumkin. G‘olib jamoalarga 1500 dollargacha
pul mukofoti beriladi.
Hakaton Toshkent shahridagi Amity universiteti va O‘zbekiston
IT-hamjamiyati tomonidan tashkil etilmoqda.
432