Page 438 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 438
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
INNOVATSION LOYIHANING QIYMATI VA
11-MAVZU
SAMARADORLIGINI BAHOLASH
11.1. Innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va innovatsion
loyihalarning tavakkalchiliklari
11.2 Loyihani amalga oshirish va uning samaradorligini
nazorat qilish
11.3. Diskontlash stavkasini aniqlash bo‘yicha yondashuvlar
11.4. Innovatsion loyihaning samaradorlik ko‘rsatkichlari
11.5. Innovatsion loyihaning qiymatini baholash bo‘yicha
yondashuvlar
11.6. Innovatsion loyihalarning samaradorligi va qiymatini
baholashdagi cheklashlar
Mavzuning qisqacha sharhi. Innovatsion loyiha innovatsion
faoliyatni texnik-iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy jihatdan asoslashni
o‘z ichiga olgan loyihaviy hujjat hisoblanadi. Innovatsion loyihada
innovatsion mahsulotning batafsil tavsifi beriladi, mazkur
innovatsion mahsulotni tijoratlashtirish borasida investitsiyalarni
jalb qi lish zarurati va kutilayotgan iqtisodiy natijalar asoslab beriladi.
Innovatsion loyihani amalga oshirish innovatsion mahsulotni yaratish
va bozorga chiqarish bilan bog‘liq jarayonni ko‘zda tutadi. Innovatsion
loyihalarni boshqarish sohasida innovatsion loyihalarning o‘zi emas,
aksincha ularni amalga oshirishdan kutilayotgan natija muhim hi-
soblanadi. Innovatsion loyihalarni amalga oshirish asnosida iqtisodiy,
ilmiy-texnik, moliyaviy, resurs, ekologik, ijtimoiy, madaniy-axloqiy
samara olish ko‘zda tutiladi. Innovatsion loyihalarning iqtisodiy
samaradorligini baholashda ko‘pincha foyda, qoplash muddati, sof
keltirilgan daromad, rentabellik darajasi, foydaning ichki meʼyori kabi
ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Mazkur mavzu doirasida innovatsion
loyihalarning iqtisodiy samaradorligini baholash, innovatsion
loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq xatarlarni pasaytirish va
sug‘urtalash, diskontlash, sof joriy qiymat kabi tushuncha va kate-
goriyalarga urg‘u beriladi.
437