Page 440 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 440

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
            “Innovatsion  loyiha”  tushunchasi  bir  qancha  nuqtai  nazardan
          qaralishi mumkin:
            – innovatsion maqsadlarga erishishga xizmat qiladigan tadbirlar
          yig‘indisi sifatida;
            – innovatsion faoliyatni amalga oshirish jarayoni sifatida;
            – ushbu tadbirlarni asoslovchi va bayon qiluvchi hujjatlar paketi

          sifatida.
            Ushbu uch jihatlar innovatsion loyihaning innovatsion faoliyatini
          tashkil qilish va maqsadli boshqarish shakllari sifatidagi ahamiyatini
          ko‘rsatadi.
            Shunday  qilib,  innovatsion  loyiha  –  bu  resurslar,  muddatlar  va
          ijrochilar bo‘yicha o‘zaro bir-birini asoslaydigan hamda o‘zaro bir-
          biriga  bog‘liq  bo‘lgan,  ilm-fan  va  texnika  taraqqiyotining  ustuvor
          yo‘nalishlarida     muayyan       maqsadlar      (vazifalar)ga    erishishga
          qaratilgan jarayonlarning murakkab tizimidir .
                                                              46
            Innovatsion  loyihalarni  amalga  oshirish  uchun  ularni  moliyaviy

          asoslash  va  investitsiyalash  muhim  ahamiyatga  ega.  Bunda
          loyihaviy  moliyalashtirish  jarayonlari  nuqtai  nazaridan o‘ziga  xos
          xususiyatlarga ega innovatsion loyihalarni farqlash kerak:
            a) investitsion loyihalar, masalan, yangi sanoat obyektlari qurili-
          shiga (energetika, transport, aloqa va h.k.) yirik kapital qo‘yilmalar;
            b)  ilmiy-texnik  (innovatsion) –  ilg‘or  texnologiyalar,  yangiliklar,
          mahsulotlar va xizmatlar.
            Ushbu ikki xil loyiha o‘rtasida muhim farqlar mavjud:

            1.  Sanoat  obyektlariga  kapital  qo‘yilmalar haqidagi  mavjud
          moliyaviy axborot, hattoki eng oddiy ilmiy-texnik loyihalarga
          qaraganda, ayniqsa, ularning erta bosqichlarida, ishonchliroqdir;
            2. Innovatsion  ilmiy-texnik loyihalar  mavhumlikning yuqori
          darajasiga ega ekanligi bilan farq qilib, ular shunday afzallikka egaki,
          ular  ishlanmaning  erta  bosqichidayoq  katta  bo‘lmagan  moliyaviy
          yo‘qotishlar bilan to‘xtatib qo‘yilishi mumkin;
            3. Ilmiy-texnik loyihalarda axborot investitsiyaviy loyihalarga
          qaraganda ko‘proq cheklanganligi va mos emasligi bilan farq qiladi.

          46   G.  Saidova.  Innovatsiya  loyihalarini  ishlab  chiqish  va  boshqarish  usullari  “Iqtisodiyot  va  innovatsion
          texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 5-iyul, 2012-yil.
                                               439
   435   436   437   438   439   440   441   442   443   444   445