Page 439 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 439
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
“Meizu” kompaniyasi smartfonlar ishlab
chiqarishni to‘xtatadi
Qayd etilishicha, kompaniya endi asosiy eʼtiborini sunʼiy intellekt
asosidagi mahsulotlarni ishlab chiqishga qaratadi.
“Meizu” kompaniyasi mobil uskunalarni ishlab chiqish va chiqarishni
to‘xtatishini eʼlon qildi. Qayd etilishicha, yaratilayotgan “Meizu 21 Pro”,
“Meizu 22” va “Meizu 23” smartfonlari chiqarilmaydi, ular ustida ishlash
esa to‘xtatildi.
“Xingji Meizu Group” rahbari Shen Ziyu brendni o‘zgartirish
to‘g‘risidagi qarorni smartfonlar bozoridagi o‘zgarishlar bilan izohladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, isteʼmolchilar qurilmalarni o‘rtacha 51 oyda
bir martadan kamroq almashtirishgan.
Shuningdek, smartfon innovatsiyalari ko‘plab parametrlar bo‘yicha
qurollanish poygasiga aylandi.
Shu bilan birga, mijoz uchun kurash, trolling, raqobatdosh
mahsulotlarning kamchiliklarini aniqlash avj oldi.
Kelajakda “Meizu” asosiy eʼtiborini sunʼiy intellekt (AI) asosidagi
mahsulotlarni ishlab chiqishga qaratadi.
2024-yilda sunʼiy intellekt texnologiyalariga ega xususiy mobil ope-
ratsion tizimning premyerasi, shuningdek, sunʼiy intellektga asoslangan
birinchi apparat mahsulotining taqdimoti rejalashtirilgan.
“Meizu” kompaniyasi 2003-yilda tashkil etilgan, ammo vaqt o‘tishi
bilan u raqobatchilar – “Xiaomi” va “Huawei” soyasida qolgan.
2022-yilda “Geely” avtomobil ishlab chiqaruvchisi asoschisi Erik Li
tomonidan yaratilgan “Hubei Xingji Shidai Technology” kompaniya
ishlanmalaridan o‘z avtomobillarida foydalanish uchun “Meizu”ning 79
foiz ulushini sotib oldi.
www.spot.uz
11.1. Innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va
innovatsion loyihalarning tavakkalchiliklari
Innovatsiya loyihasining asosiy maqsadlaridan biri – korxona
yuqori sifatga ega bo‘lgan kerakli miqdorda mahsulot ishlab chiqa-
rish layoqatiga ega ekanligini raqobatchilarga isbotlashdan iborat.
438