Page 442 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 442
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
hal qilish, harbiy-sanoat majmuasining bitta yoki bir guruh
korxonalarini konversiyalash kabilar kiradi. Multiloyihani yaratish
uchun muvofiqlashtiruvchi bo‘lishi joiz;
3) megaloyihalar – bir qator multiloyihalarni va yuzlab
monoloyihalarni birlashtiruvchi, o‘zaro bitta maqsadlar shajarasi
bilan bog‘langan ko‘p maqsadli kompleks dasturlar bo‘lib,
markazlashtirilgan moliyalashtirishni hamda muvofiqlashtirish
markazidan boshqarilishini talab qiladi. Megaloyihalar asosida
tarmoqni texnik qayta qurollantirish, mintaqaviy va federal konversiya
hamda ekologiya muammolarini hal etish, mahalliy mahsulotlar
va texnologiyalar raqobatbardoshligini oshirish kabi innovatsion
maqsadlarga erishish mumkin. Megaloyihalarni shakllantirish va
amalga oshirish bir qator tarmoqlar, mintaqalar, moliya-sanoat
guruhlari va yirik korporatsiyalar, mamlakatlar guruhlari saʼy-
harakatlarini birlashtirishni talab etishi mumkin.
Bajarilayotgan ishlar hajmlari va davomiyligiga qarab loyihalar:
– qisqa muddatli (1 yilgacha);
– o‘rta muddatli (5 yilgacha);
– uzoq muddatli (5 yildan ortiq) bo‘lishi mumkin.
Loyiha bosqichlari va pog‘onalari tarkibi uning tarmoq va
funksional mansubligiga qarab belgilanadi.
“Loyiha” tushunchasi bilan bir qatorda, “innovatsion dastur”
degan tushuncha ham mavjud. Bu tushunchalar o‘zaro chambarchas
bog‘langan. Dastur – bu loyiha shakllaridan biri, dasturlash esa
(dasturni shakllantirish) – loyihalar hayot sikli bosqichlaridan
biri bo‘lsa-da, ularning xususiyatlari anchagina farqlanadi, dastur
qo‘shimcha qator yangi xususiyatlarni orttiradi.
Innovatsion dastur loyihalarning (multiloyiha va megaloyihalar)
murakkab kombinatsiyasi bo‘lib, boshqaruv obyekti sifatida alohida
loyihadan yoki o‘zaro bir-biri bilan juda zaif bog‘langan, tashkilot yoki
uning ijrochilari tomonidan bajariladigan loyihalardan juda kuchli
farq qiladi. Dasturni faqat yirik tashkilotlar birlashmasi, masalan,
moliyaviy sanoat guruhlari, yirik korporatsiyalar konsorsiumi,
mintaqa yoki megapolis, federal organlar va h.k.lar shakllantirishi va
441