Page 445 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 445

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                8.  Loyihaning  yuridik  taʼminoti  (firmaning  tashkil  qilingan  va
             ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanasi, kim tomonidan va qayerda ro‘yxatga
             olingan, yuridik manzili, faoliyati turi va amalga oshirilayotgan ope-
             ratsiyalar  tavsifi,  mulkchilik  shakli,  kapital  mansubligi,  firmaning
             nufuzli  aksiyadorlari,  paychilari,  mazkur  faoliyat  turi  uchun

             litsenziya, mazkur faoliyat turlari bo‘yicha boshqa tashkilotlar bilan
             shartnomalar va kelishuvlar).
                9.  Iqtisodiy  tavakkalchilik.  Sug‘urtalash  (tavakkalliklar  guruhlari
             ro‘yxati, ular manbalari va vujudga kelishi ehtimoli yuqori bo‘lgan
             davrlar, loyihaning iqtisodiy qaltisligiga baho berish, tavakkalliklardan
             sug‘urtalash dasturi, sug‘urta polislari nusxalari va h.k.).
                10. Moliyalashtirish strategiyasi (loyihani amalga oshirish uchun
             moliyaviy mablag‘lar va ularning manbalari, kredit va aksiyadorlik
             kapitali ko‘rinishidagi mablag‘lar ulushi, kredit olish shartlari,

             moliyaviy mablag‘larni kiritishning iqtisodiy rentabelligi, loyihaga
             kiri tilgan mablag‘larni qaytarish muddatlari, kutilmagan xarajatlarni
             qoplashga mo‘ljallangan moliyaviy mablag‘lar zaxirasi va h.k.);
                11.  Moliyaviy  reja  (loyihani  amalga  oshirish  natijasidagi  tovarlar  va
             xizmatlarni sotish hajmlari, loyihani amalga oshirish uchun yillar bo‘yicha
             kapital xarajatlari va ular qamraydigan xususiy mablag‘lari, uzoq muddatli
             va qisqa muddatli kreditlar, tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish hamda

             sotish bo‘yicha joriy daromadlar va xarajatlar balansi va h.k.).
                Keyin ilovalar (dastlabki maʼlumotlar olingan hujjatlar, shartno-
             malar, litsenziyalar va h.k. nusxalari) keladi va xulosa beriladi.
                Tuzib  chiqilgan  innovatsion  loyiha  firma  uchun  innovatsion
             faoliyatning  istiqbolli  yo‘nalishini  aks  ettirib  va  ko‘rsatibgina
             qolmasdan,  balki  ushbu  loyihaga  pul  ajratish  kerakmi-yo‘qmi?  Bu
             loyiha qanday daromad keltiradi, hamma xarajatlar va unga ketgan
             kuch o‘zini qachon oqlaydi? kabi savollarga ham javob berishi lozim.
                Shunday  qilib,  innovatsion  loyihani  ishlab  chiqish  yo‘nalishini

             tanlash va uni asoslash firmaning muhim strategik vazifalaridan biri
             bo‘lib, u yoki bu yangilikni joriy etish qanday foyda keltirishini, shu-
             ningdek, firmaning samarali faoliyatining eng asosiy mezoni bo‘lib
             nima xizmat qilishini isbotlab berishi lozim.

                                                  444
   440   441   442   443   444   445   446   447   448   449   450