Page 448 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 448

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
            Loyihalarni ustuvorlik bo‘yicha ranjirovkalash resurslarni loyihalar
          o‘rtasida taqsimlash uchun kerak.
            3.  Moliyaviy  va  boshqa  resurslarni  innovatsiyalar  portfeli  ichida
          taqsimlash.
            Bunda  “xarajatlar  –  samaradorlik”  sxemasiga  asoslangan  qaror

          qabul  qilish  qoidasidan  foydalaniladi:  birinchi  navbatda,  naqd  pul
          mablag‘lari iqtisodiy samaradorligi maksimal darajaga (ustuvorlik
          darajasiga) ega bo‘lgan loyihaga ajratiladi.
            Jahon amaliyotida “xarajatlar – samaradorlik”ni tahlil qilish barcha
          moliyani taqsimlash mexanizmlari uchun majburiy jarayondir. Buni
          shu bilan izohlash mumkinki, ushbu qoidani amaliy qo‘llash qan-
          chalik oson bo‘lmasin, u quyidagilarga erishish imkonini beradigan
          loyihalar portfelini taʼminlaydi:
            –  berilgan  cheklangan  mablag‘lar  doirasida  maksimal  mumkin

          bo‘lgan samaradorlik;
            – talab etilgan natija va samaradorlik darajasiga eng minimal sarf-
          xarajatlar.
            Korxonada shunday vaziyat yuzaga kelishi mumkinki, innovatsion
          loyihalarni amalga oshirishga innovatsion mablag‘larning yetarli
          emasligi to‘sqinlik qiladi.
            Bunday holda qo‘shimcha investorlarni hamda xususiy moliyaviy

          mablag‘larni izlab topish yoki mavjud innovatsion loyihalar portfelini
          o‘zgartirish zarur bo‘ladi.
            4.  Loyihalar  portfelini  aniqlashtirish –  loyihalarning  bir  qismini
          o‘ziga  jalb  qilishi  ko‘proq  loyihalar  foydasiga  hamda  investitsion
          mablag‘larning miqdoriga qarab kesib tashlash.
            Shunday  qilib,  innovatsion  ishlar  portfelini  tanlashga  tajriba,
          bilim, sog‘lom idrok, iqtisodiy bilimlar, xodimlar imkoniyatlari va
          innovatsiyalarni joriy etish yutuqlari ehtimolligi kutilayotgan natijalar
          haqida yaxshi tasavvurga ega bo‘lish, ilmiy xodimlar va bo‘linmalar

          menejerlari faoliyatini rag‘batlantiruvchi omillarni tanlay olishni talab
          qiladigan ancha murakkab muammo sifatida qaralishi kerak.
            Ayni paytda innovatsiyalarni boshqarishda quyidagi muammolar
          mavjud:

                                               447
   443   444   445   446   447   448   449   450   451   452   453