Page 453 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 453

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                Asosiy muammo shundaki, odatda, qaysidir voqea yuzaga kelishi
             ehtimolini  baholash  uchun  kuzatishlar  soni  yetarlicha  bo‘lmaydi.
             Ushbu muammo ko‘pgina innovatsion loyihalarning o‘ziga xos
             xususiyatlari  va  takrorlanmasligi  bilan  tushuntiriladi.  Innovatsion
             tavakkalchiliklarning quyidagi ko‘rinishlarini farqlashimiz mumkin:

                •  innovatsion loyihani noto‘g‘ri tanlash oqibatida kelib chiquvchi
             tavakkalchilik;
                •  innovatsion loyihani kerakli darajada moliyaviy mablag‘lar bilan
             taʼmin eta olmaslik oqibatida kelib chiquvchi tavakkalchiliklar;
                •  innovatsion  loyihani  amalga  oshirish  uchun  zarur  bo‘lgan
             resurslar bilan joriy taʼminlashning marketing tavakkalchiligi;
                •  xo‘jalik shartnomalarining bajarilmaslik xatari;
                •  ko‘zda tutilmagan xarajatlarning kelib chiqishi va daromadlar-
             ning pasayishi tavakkalchiligi;

                •  raqobatning kuchayishi xatari;
                •  innovatsion loyihaning mulkiy huquqini taʼminlash bilan bog‘liq
             tavakkalchiliklar.
                Innovatsion  tavakkalchiliklarni  baholash  uchun,  odatda,  hisob-
             kitob qilinishi lozim bo‘lgan ko‘rsatkichning yo‘l qo‘yilishi mumkin
             bo‘lgan tebranish chegaralari tanlanadi va qaror qabul qilish uchun
             zarur bo‘lgan qiymat asoslab beriladi. Bunday yondashuv, masalan,

             aksiyalarni joylashtirish narxini hisob-kitob qilishda, shuningdek,
             innovatsion tavakkalchiliklarni hisoblashda qo‘llaniladi, bunda har
             bir tavakkalchilik (xavf-xatar) 0 dan 5 foiz chegarasida baholanadi.
             Innovatsion loyihaning samaradorligini baholashning o‘ziga xos
             xususiyatlarini ajratib olish uchun tavakkalchilik omillarini hisobga
             olgan holda hayotiylik siklining har bir bosqichini tahlil qilish ta lab
             etiladi. Taʼkidlash joizki, innovatsion loyihani moliyalashtirishning
             yetarli darajasiga ega emasligi, ko‘zda tutilmagan xarajatlar va
             boshqa shu kabi tavakkalchiliklarning mavjudligi innovatsion loyiha

             hayo tiylik  siklining  barcha  bosqichlariga  tegishlidir.  Tadbirkorning
             tavakkalchilikni  boshqarish  doirasidagi  faoliyati  o‘z  subyektining
             daromadligiga  tahdid  soluvchi  tavakkalchiliklarning  taʼsiridan
             himoya qilishga yo‘naltirilgan.

                                                  452
   448   449   450   451   452   453   454   455   456   457   458