Page 454 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 454

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
            Tavakkalchilikni  oqilona  boshqarish  subyektning  uzoq  muddatli
          istiqbolda  muvaffaqiyatga  erishish  imkoniyatini  oshiradi,  uning
          moliyaviy  holatining  yomonlashish  xavfini  bir  muncha  bo‘lsada
          kamaytiradi.
            Tadbirkor uchun paydo bo‘ladigan tavakkalchilikni taxminiy bilish

          zarurdir, lekin buning o‘zi yetarli emas. Muhimi, tavakkalchilikning
          aniq turi korxona faoliyatiga qanday taʼsir ko‘rsatayotganligi va qanday
          oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aniqlab, uni to‘g‘ri baholay
          bilish va shundan so‘ng subyektining iqtisodiy samaradorligiga
          taʼsirini hisoblab topishdir.
            Tavakkalchilikni boshqarishda, eng avvalo, yuzaga kelishi mumkin
          bo‘lgan  uning  turlari  aniqlanadi,  ular  tahlil  etiladi  va  zararning
          kutiladigan darajasi hisoblanadi. Keyingi bosqichda uning oldini olish,
          ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni pasaytirish yoki sug‘urtalash

          tadbirlari ishlab chiqiladi va uni boshqarish usullari tanlanadi. Oxirgi
          bosqichda esa ko‘rilgan zararlarni qoplash, oqibatlarini tahlil etish va
          bartaraf qilish choralari ko‘riladi.
            Umuman  olganda,  tavakkalchilikni  boshqarish  tadbirkorga
          resurslardan yanada oqilona foydalanish, javobgarlikni taqsimlash,
          firma  faoliyatining  natijalarini  yaxshilash  va  tavakkalchilikning
          taʼsiridan xavfsizligini taʼminlash imkonini yaratiladi.

            Tavakkalchiliklarni  boshqarish  jarayonida  asosiy  eʼtibor  uni
          baholashga qaratiladi.
            Tavakkalchilikni baholash – uning darajasini miqdoriy yoki sifat
          o‘lchamlari bilan aniqlashdir.
            Tavakkalchilikning  taxminiy  ehtimolini  aniqlash  turli  yo‘llar
          bilan amalga oshirilishi mumkin. Ilmiy adabiyotlarda innovatsion-
          tadbirkorlik tavakkalchiliklarini baholashning 4 usuli keltiriladi:
            Statistik usul;
            Ekspert usuli;

            Analitik usul;
            Kombinatsiyalashtirilgan usul.
            Statistik  usulda  subyektning  va  tarmoqdagi  boshqa  turdosh
          sub yektlarning  bir  necha  yillik  faoliyati  davomida  yuz  bergan

                                               453
   449   450   451   452   453   454   455   456   457   458   459