Page 459 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 459
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
oqibatida bir faoliyat turidan zarar ko‘rilsa, boshqasidan ko‘rilgan
foyda hisobidan uni qoplash mumkin.
Diversifikatsiyalash ishlab chiqarish, tijorat va investitsiya faoliyati
sohalarida tavakkalchilikning darajasini kamaytirish imkonini
yaratadi. Uni diversifikatsiyalash quyidagi yo‘llar bilan amalga
oshirilishi mumkin:
kapital sarflarni bir nechta faoliyat turlariga bo‘lib sarflash;
har xil turdagi yuqori daromad keltiradigan qimmatli qog‘ozlarga
investitsiya qilish;
moddiy-texnik taʼminoti bo‘yicha tashqi sheriklarning sonini
ko‘paytirish;
turli segmentlarni qamrab olgan bozor va isteʼmolchilarning tala-
biga mos tovarlar ishlab chiqarish;
bozor konyukturasi va isteʼmolchilar segmentiga mos keluvchi
turli baho siyosatini yuritish;
yuk tashuvchi turli transport subyektlarining xizmatidan
foydalanish;
tovar-moddiy zaxiralarni bir nechta joyda bo‘lib asrash va hokazo.
Amaliyotda diversifikatsiyalash tavakkalchilikni faqat
kamaytirishi emas, aksincha oshirishi ham mumkin. Tadbirkor o‘z
mablag‘ini samarasiz ishlab chiqarish faoliyatiga sarflagan taqdirda
tavakkalchilik ehtimoli ortadi.
Tavakkalchilikni birlashtirish ikki yoki undan ortiq korxonalarning
qo‘shilishi natijasida sodir bo‘ladi va buning natijasida yangi tashkil
topgan korxona dastlabkilariga qaraganda ko‘p aktivga ega bo‘ladi.
Tavakkalchilik xatarlarini pasaytirish yo‘lida tadbirkorlarning o‘z
kapitallarini birlashtirishi, ular o‘rtasida olingan foydani va zararlarni
bo‘lish imkonini yaratadi. Ushbu holat korxonani tavakkalchilikdan
butunlay holi qilmaydi, lekin uning xatar darajasini bir muncha pa-
saytirishga yordam beradi.
Tavakkalchilikni boshqalarga o‘tkazish yoki tavakkalchilik
transferti – tadbirkorlik tavakkalchiligini kamaytirishning yana bir
usuli hisoblanadi. Bunda tavakkalchilik xatarlari shartnoma asosida
ikkinchi bir yuridik shaxs zimmasiga o‘tkaziladi.
458