Page 464 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 464
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
voz kechmaymiz va bunday imkoniyatga ega bo‘lish haqiqatan ham
innovatsion loyihaning samaradorligini baholash uchun qo‘shimcha
mezon hi soblanadi.
Bo‘sh pul mablag‘lari
(pul oqimlari)
An’anaviy
«Innovatsion kompaniya
bosqichi
Zararsizlik
nuqtasi
Sara Kon- Faol Tush-
g‘oya- septual Texnik- Ishlab Dastlab- o‘sish To‘yinish kunlik
larni bosqich iqtisodiy chiqish ki sinov bosqichi
tanlab asoslash sotish bosqichi
olish
11.1-rasm. Kompaniyaning hayotiylik sikli bosqichlarida
naqd pul mablag‘lari egri chizig‘i
Manba: A.A. Mamatov, T.T. Jo‘rayev, A.N. Erkayev Innovatsion
iqtisodiyot. –T.: 2019, 456 bet.
Loyihaning hayotiylik sikli bosqichlarining batafsil mayda
qismlarga bo‘linishining afzalligi shundaki, u bizga hayotiylik sikli
bosqichlarining har birida boshqaruv qarorlarini qabul qilish va
ularning samaradorligini baholash imkoniyatini beradi.
11.3. Diskontlash stavkasini aniqlash bo‘yicha yondashuvlar
Jahon amaliyotida investitsiya loyihalarini baholashning
diskontlashga asoslangan usullaridan foydalanish 80-90 yillardan
boshlab keng qo‘llanilgan va o‘zining ijobiy natijalarini bergan.
Ushbu usullardan, asosan, bank ekspertlari keng foydalanishgan.
Masalan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) bu usullar
463