Page 467 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 467
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
bo‘lgandagi diskontlash stavkasi to‘g‘risida maʼlumot beradi va aynan
mana shu qiymatdagi diskont stavkasi investitsiyalardan kutilayotgan
foydaning ichki meʼyorini anglatadi. Agar tahlil qilinayotgan loyiha
bo‘yicha diskontlash stavkasi kapital uchun foizdan yuqori bo‘lsa,
u holda sof joriy qiymat noldan katta va loyiha samarali bo‘ladi.
Agar bu stavka kapital uchun foizdan kichik bo‘lsa, u holda loyiha
samarasiz deb topiladi, uning sof joriy qiymati noldan kichik bo‘ladi.
Demak, diskontlashning stavkasining shunday miqdorini topish
kerakki, bunda sof joriy qiymat nolga teng bo‘lsin. Aynan mana shu
holatda yuqoridagi formuladagi k ko‘rsatkich foydaning ichki meʼyori
IRR miqdorini ifodalaydi. Foydaning ichki meʼyorini aniqlash vazifasi
birmuncha qiyin bo‘lib, u investitsiyalarning bir yoki undan ko‘p
marta amalga oshirilishiga, loyihadan olingan pul tushumlarining,
hech bo‘lmasa, bir marta yoki boshida salbiy bo‘lishligiga va ushbu
pul tushumlarining miqdoran bir xil bo‘lmasligiga asoslanadi.
Investitsiya loyihalari samaradorligini tahlil qilishda IRRni
hisoblashning ahamiyati quyidagicha: IRR loyihadan kutilayotgan
daromadlilikni ko‘rsatadi va qilinishi mumkin bo‘lgan maksimal
xarajatlar chegarasini belgilab beradi, yaʼni IRR olinayotgan kredit
bo‘yicha bank foiz stavkasining yuqori chegarasini ko‘rsatadi, ayni shu
foiz chegarasidan yuqori miqdorga ega bo‘linganda loyiha daromad
keltiradi. Shunday holatlar ham bo‘lishi mumkinki, investor ning o‘zi
investitsiya loyihasini moliyalash uchun biror subyektdan muayyan
foiz ostida kredit olishi mumkin. Bu paytda loyihadan kutiladigan
natija kredit uchun foizdan, albatta, yuqori bo‘lishi lozim. Aynan mana
shu ikki holat: yaʼni kredit uchun foiz yoki foyda olish darajasi, odatda,
baryerli (to‘siqli) koeffitsiyent (HR) deb ham nomlanadi. Bu ko‘rsatkich
foydaning ichki meʼyoridan tafovut qilishi shart. Bunda HR o‘rtacha
tortilgan kapital qiymati (kredit uchun foiz yoki kiritilgan kapital uchun
qaytarilishi zarur bo‘lgan minimum, foyda) sifatida ham qaraladi.
Taqqoslash natijalariga asoslanib, menejer qaror qabul qiladi. IRR va HR
larni taqqoslash natijasida ular orasida quyidagi bog‘liqlik hosil bo‘ladi:
• agar IRR > HR – loyiha samarali hisoblanadi va u foydalanish
uchun qabul qilinadi;
466