Page 472 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 472

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          hisoblasha  ancha  yengil  vazifa  bo‘lgani  holda,  endi  oyoqqa  turib
          kelayotgan  yosh  innovatsion  kompaniyalar  uchun  bu  vazifa  ancha
          murakkab hisoblanadi.
            Birinchidan,  o‘z  faoliyatini  yangidan  yo‘lga  qo‘yayotgan
          kompaniyalar  odatda,  o‘z  mablag‘larini  diversifikatsiya  qilish

          imkoniga ega bo‘lmagan yoki investitsiyalarni qisman diversifikatsiya
          qiluvchi venchurli kapitalistlarga tegishli bo‘ladi. Shu sababli xususiy
          kapitalni jalb qilish xarajatlari nafaqat bozor tavakkalchiliklarini, balki
          korxonaning individual tavakkalchiliklarini ham aks ettirishi lozim.
          β  koeffitsiyentni  aksiyalarning  bozor  narxi  bo‘yicha  baholashning
          standart amaliyoti, faqatgina kompaniya bozorda savdo qilgandagina,
          maqsadga muvofiq hisoblanadi.
            Ikkinchidan,       start-uplar     odatda,      obligatsiyali     zayomlar
          chiqarmaganliklari  bois,  tavakkalchilik  uchun  mukofotlarni  zayom

          reytingidan  foydalangan  holda  baholash  mumkin  emas.  imtiyozli
          kreditlar bermaydilar. Yaʼni, kredit reytingi yordamida risk mukofotini
          baholash imkoni yo‘q.
            Jahon  banki  diskontlash  stavkasida  quyidagi  tavakkalchiliklarga
          tegishli mukofotlarni hisobga olishni tavsiya qiladi:


                                                             Tavakkalchilik uchun
                     Tavakkalchilik omillari
                                                                  mukofot, %
          Kompaniyani boshqarish sifati                               0-5%
          Moliyaviy tuzilma                                           0-5%

          Kompaniyaning o‘lchamlari                                   0-5%
          Geografik va ishlab chiqarish diversifikatsiyasi            0-5%
          Mijozlar (diversifikatsiyasi) sifati                        0-5%
          Daromadlarning barqarorligi                                 0-5%

          O‘ziga xos (innovatsion) tavakkalchiliklar                  0-5%

            Uchinchidan, agar kompaniya bozorda savdo qilmas ekan, kapital

          tuzilmasida o‘z va qarz mablag‘larining bozor ulushlarini baholash
          mumkin  emas.  Shunga  qaramay,  model  o‘lchamlarining  qiymatini
          baholashga imkon beradigan muayyan yondashuvlar mavjud.

                                               471
   467   468   469   470   471   472   473   474   475   476   477