Page 474 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 474

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          sotishdan  kelgan  daromadlar  bilan  qoplanmasa,  ko‘rilgan  foyda
          darajasi ko‘zda tutilgan darajada bo‘lmasa, u amalga oshirilmay qoladi.
          Innovatsiya loyihalarini tahlil qilish va baholashdan asosiy maqsad,
          aynan ko‘zda tutilgan natijalarga erishishni realligini baholashdir.
            Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda turli loyihalarga qo‘yilgan
          mablag‘larning foydaliligini (samaradorligini) taqqoslashga asoslangan
          baholash  usullaridan  keng  foydalanadilar.  Bunda  investitsiya
          loyihalaridan ko‘riladigan samara mablag‘larni bankka foiz hisobida
          qo‘yishdan yoki qimmatbaho qog‘ozlar sotib olishdan keladigan
          daromad  (foyda)  bilan  taqqoslanadi.  Innovatsion-investitsiya  loyi-

          halari samaradorligini baholashda loyihadan ko‘riladigan daromadning
          ko‘pligiga,  mehnat  resurslarining  kam  sarflanishiga,  loyiha ning
          amalga  oshirish  muddatining  qisqaligiga,  loyiha  bo‘yicha  ishlab
          chiqariladigan  mahsulotning  sifatiga,  bozorda  tutgan  o‘rniga,  shu-
          ningdek, xarajatlarning to‘g‘ri olib borilishiga ko‘proq eʼtibor beriladi.
          Shu bilan birga, baholashda pul oqimini to‘g‘ri ishlatilishi va nazorat
          qilinishi ham katta ahamiyatga ega. Bunda kapital xarajatlarni erni
          ijaraga  olish,  u  erda  bino  va  inshootlar  qurish,  mashina va  jihozlar
          yaratish yoki sotib olish, mutaxassislar tayyorlash kabi ishlarga sarf-
          lanishi, joriy xarajatlar esa, xomashyo va materiallar sotib olish, suv,
          energiya, mehnat va boshqa resurslarga sarflanishi eʼtiborga olinadi
          hamda  daromadlar  asosiy  faoliyatdan  keladigan  daromadlar,  ishlab
          chiqarish  xarajatlarini  pasaytirish,  royalti,  davlatning  obligatsiyalari
          orqali  keladigan  daromadlarga  eʼtibor  qaratiladi.  Innovatsiya  loyi-
          halarini turli usullar bilan baholash mumkin, lekin barcha usullarda
          eng asosiy eʼtibor loyihalarning daromadlilik darajasi xamda ko‘rila-
          digan foydaning hajmini aniqlashga qaratiladi.
            Innovatsiya loyihalari samaradorligini baholashda aniq natijalarga

          erishish, yaʼni loyihalashtirishni yakunlash, bozorga chiqish va unda o‘z
          o‘rnini mustahkamlash, belgilangan foydaga erishish, qilingan investitsiya
          xarajatlarini qoplash kabi natijalarga erishish uchun belgilangan muddat
          ham ayniqsa muhimdir. Shuningdek, baholashda ilmiy-tadqiqot va
          konstruktorlik  ishlarining samaradorligi  ham  hisobga  olinadi.  Buning
          muhimligi shundan iboratki, tadqiqot va ilmiy izlanish ishlarining qisqa
          bo‘lishi  bir  tomondan  mablag‘larning  kam  sarflanishiga  olib  kelsa,

                                               473
   469   470   471   472   473   474   475   476   477   478   479