Page 478 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 478
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
surʼatlarini taʼmin etgani holda asosiy faoliyat ko‘rsatkichlarini
barqarorlashtirishga erishadi. Ushbu holatda bo‘lg‘usi pul
oqimlari qiymatining o‘sishini muddatsiz renta (Gordon modeli)
dan foydalanib hisoblashimiz mumkin bo‘ladi.
Kompaniyani rivojlantirish borasida qanday strategiya
tanlanganligiga bog‘liq holda kengaytirilgan qiymatni baholashning
oltita usuli farqlanadi. Kengaytirilgan qiymatni baholashning
dastlabki ikkita usuli biznesni tugatishni ifoda etadi, ushbu vaziyatda
terminal qiy mat tugatish xarajatlarini chegirib tashlagan holdagi
aylanma aktivlar yoki biznesning balans qiymatini aks ettiradi.
Amalda kengaytirilgan qiymat biznesni tugatish bilan bog‘liq
xarajatlarni chegirib tashlagan holdagi korxonaning sof aktivlari
qiymatini ifoda etadi.
Kengaytirilgan qiymatni izlab topish va hisoblashning navbatdagi
ikki usuli o‘zaro taqqoslanuvchi kompaniyalarni izlab topish va P/E
(the price-to-earnings (P/E) ratio) va EV/EBITDA (enterprise value
G/EBITDA) multiplikatorlaridan foydalanishdan iboratdir. Ushbu
ikki usuldan foydalanish kompaniya IPO bosqichiga chiqqanda
maqsadga muvofiq hisoblanadi. Innovatsion biznes o‘ziga xos biznes
hisoblanganligi bois, o‘xshash kompaniyalarni qidirib topish ancha
mushkul vazifa hisoblanadi.
Tarmoq tavsifi va uzoq muddatli o‘sish surʼatlariga asoslangan
holda, tahlilchi o‘zaro nisbatlarning mos qiymatini hisoblab topadi
va uni sof foyda qiymatiga yoki baholashning oxirgi yili uchun loyi-
halashtirilayotgan EBITDAga ko‘paytiradi. P/E multiplikatori alohida
ehtiyotkorlikni talab qiladi, chunki analog kompaniyaning sof
foydasiga muayyan loyiha bilan bog‘liq bo‘lmagan foizlar to‘lovlari
yoki maʼlum bir holatlar bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa to‘lovlar taʼsir
ko‘rsatishi mumkin. Kengaytirilgan qiymatni baholash uchun qaysi
koeffitsiyent tanlab olinganligidan qatʼiy nazar, joriy ko‘rsatkichlardan
emas, balki bashoratlanayotgan davrning oxirgi yili ko‘rsatkichlaridan
foydalanish talab etiladi. Ayni mana shu holat kengaytirilgan qiymatni
baholashda multipilaktordan foydalanishning murakkab ekanligidan
dalolat beradi.
477