Page 480 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 480
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
kutilayotgan shart-sharoitlar va vaziyatga mos bo‘lgan ish yuritish
tavakkalchiligi darajasi va barqaror kapital tuzilmasini aks ettirishi
lozim;
• Qayta investitsiyalash normasi yaqqol holda kengaytirilgan qiy-
mat formulasida aks etmasa-da, u investitsiyalangan kapitalning
rentabelligiga bo‘lingan iqtisodiy o‘sish surʼatlariga tengdir.
Kapitalning o‘sish surʼati va rentabelligini baholash jarayonida
olingan qayta investitsiyalash stavkasi tarmoqning iqtisodiy
ko‘rsatkichlariga mos kelishiga ishonch hosil qilish kerak.
Shuni taʼkidlab o‘tish lozimki, innovatsion kompaniyalarning
kengaytirilgan qiymati albatta, kompaniya xodimlarining ilmiy
salohiyatini, shuningdek menejerlarning yangi ishlanmalarni
samarali tarzda tijoratlashtira olish qobiliyatini hisobga olishi lozim.
Bu omillarni erkin pul oqimining yuqori o‘sish surʼatlarini yoki kamroq
o‘rtacha sarmoya qiymatini tanlash orqali hisobga olish mumkin.
11.5. Innovatsion loyihaning qiymatini baholash
bo‘yicha yondashuvlar
Iqtisodiy fanlarning taraqqiyotidan kelib chiqqan holda so‘z
yuritadigan bo‘lsak, bugungi kunda klassik moliyaviy nazariyalarning
to‘rtta yo‘nalishi mavjud bo‘lib, loyihalarning qiymati va
samaradorligini baholash aynan mana shu nazariyalarga asoslanadi.
Bu nazariyalar quyidagilardan iborat:
1. Gordon va Lintner nazariyasi (XX asrning 50-yillari);
2. Miller va Modilyani kashfiyoti yoki MM paradoksi (XX asrning
60-yillari boshi);
3. Tahlil jarayonida birinchi marotaba tavakkalchilik omilini
hisobga olgan Sharpning CAPM modeli;
4. Opsionlarni baholashning eng yangi modeli (1973-yil).
Ushbu nazariyalarning tadrijiy rivojlanishi samaradorlikni
boshqarishning uchta yo‘nalishini shakllantirdi:
• Kompaniya moliyaviy faoliyatining natijaviyligi borasida
tasavvurlarni rivojlantirish va ushbu natijalarni boshqarish usullarini
takomillashtirish.
479