Page 483 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 483
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
(operatsion qiymat) va qarz majburiyatlari qiymati pul oqimlarining
tavakkalchilik darajasini ko‘rsatib beruvchi diskontlangan stavakalar
bo‘yicha tegishli pul oqimlari qiymatiga teng hisoblanadi.
FCFE usulida pul oqimlari (cash flows) kompaniya tomonidan
barcha moliyaviy majburiyatlarning bajarilishi, kapital xarajatlar-
ning amalga oshirilishi va aylanma kapitalga bo‘lgan ehtiyojlarning
qondirilishidan keyingi pul oqimlari sifatida baholanadi.
Ushbu o‘zgarishlardan keyin qolgan pul oqimlarini “aksiyalarga
to‘g‘ri keluvchi erkin pul oqimi” (free cash flow to equity – FCFE) deb
taʼriflashimiz va uni quyidagi tarzda yozishimiz mumkin:
Aksiyalarga to‘g‘ri keluvchi pul oqimlariqsof daromad – (kapital
xarajatlar–eskirish) – (pulsiz aylanma kapitalning o‘zgarishi) + (yangi
qarz majburiyatlari–qarzlarni so‘ndirish).
FCFF bilan FCFE o‘rtasida quyidagicha nisbat mavjud: FCFF= FCFE
+ Dividends+ (1-t) × Interest.
B.Styuartning (EVA-Economic Value Added) qo‘shilgan iqtisodiy
qiymat modeliga ko‘ra, agar muayyan bir vaqt mobaynida kompaniya
o‘rtacha tortilgan kapital xarajatlarini qoplash uchun yetarli bo‘lgan
mablag‘ ishlab topsa, u holda uning bo‘sh pul mablag‘larining
diskontlangan qiymati investitsiyalangan kapitalning qiymatiga to‘liq
mos kelishi lozim. Yaʼni ushbu holatda kompaniyaning qiymati unga
dastlab qancha sarmoya tikilgan bo‘lsa, shunga teng bo‘ladi. Kompaniya
o‘zining o‘rtacha tortilgan kapital xarajatlaridan ko‘p yoki kam mablag‘
topishiga bog‘liq holda kompaniya o‘ziga kiritilgan kapital qiymatidan
ortiq yoki kam baholanadi. O‘z navbatida, investitsiyalangan kapitalga
ustamalar yoki chegirmalar kompaniyaning bo‘lg‘usi daromadlarining
joriy qiymatiga teng bo‘lishi lozim.
Kompaniyaning qiymati kompaniya balans qiymatining bo‘lg‘usi
qo‘shilgan qiymatning joriy qiymati bilan yig‘indisiga teng. Boshqacha
qilib aytganda, kompaniyaning qiymati investitsiyalangan kapital,
mavjud loyihalarning diskontlangan qo‘shilgan iqtisodiy qiymati va
bo‘lg‘usi investitsiyalarning diskontlangan qo‘shilgan iqtisodiy qiy-
mati yig‘indisidan tashkil topadi:
EVA= (ROIC–WACC)*IC=NOPLAT– WACC*IC (12)
482