Page 487 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 487

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             bahosi qimmatli qog‘ozlar nominalidan past bo‘lgan varrantlarning
             emissiyasi taqiqlanadi (obligatsiyalar bundan mustasno).
                Varrantning majburiy rekvizitlari:
                •  Qimmatli qog‘ozning nomi.
                •  Davlat ro‘yxatiga olingan sana va raqami.

                •  Varrantni ro‘yxatdan chiqarish sanasi.
                •  Varrant emitentining nomi, manzili va bank rekvizitlari.
                •  Emitentining bazis aktivini sotish majburiyati.
                •  Varrantning amal qilish muddati yoki ijro etilish sanasi.
                •  Bazis aktivining o‘ziga xos xususiyati.
                •  Varrant xaridorining nomi (egasining nomi yoziladigan varrantlar
             uchun).
                •  Varrant emitentining imzosi va muhri.
                Varrant emitentlari varrantlarning dastlabki egalariga ularni xa-

             rid qilish uchun teng narx shartlarini taʼminlashi kerak. Varrantlar
             egalari  uchun  qimmatli  qog‘ozlarni  joylashtirish  narxi  ushbu
             qimmatli qog‘ozlarni varrantlar egasi bo‘lmagan sarmoyador
             tomonidan joylashtirilishi narxidan farq qilishi mumkin. Varrantlar
             bilan operat siyalar qimmatli qog‘ozlarning birja va birjadan tashqari
             bozorlarida bajarilishi mumkin.
                Opsionli modelni quyidagicha tasavvur qilishimiz mumkin:

                V = VsN(d1) – (E:er )N(d ) (13)
                                      t
                  0
                                           2
                Bu  yerda:  V -opsionning  muvozanatli  narxi; Vs  –  aksiyaning

                               0
             joriy  narxi;  E-  opsiondan  foydalanish  narxi;  e=2,71828;  r-  qisqa
             muddatli murakkab foiz stavkasi; t-opsionning amal qilish muddati
             tugagunga  qadar  bo‘lgan  yillar  soni;  N(d)-meʼyoriy  zichlikning
             akkumulyatsiyalangan funksiyasi qiymati; d – aksiyalarning yoyilish
             ehtimoli.
                Shunday qilib, opsionning qiymati – bu qisqa muddatli foiz stavkasi,
             opsionning amal qilish muddati, aksiyalar bo‘yicha foydaning chetga

             chiqish  funksiyasi  hisoblanadi.  O‘tgan  davrlarda  aksiyaga  to‘g‘ri
             keluvchi  foydaning  tebranishlari  sifatida  aniqlanuvchi,  stan dart
             og‘ish, mazkur modelning asosiy muammosi hisoblanadi.
                Mazkur yondashuv asosida:

                                                  486
   482   483   484   485   486   487   488   489   490   491   492