Page 482 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 482

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          modeli, to‘lovga qobiliyatsiz korxonalarni aniqlash mezonlari tizimi,
          moliyaviy oqimlarni tahlil qilish asosida bankrotlikni tashxislash.
            Ikkinchi     yo‘nalishning     rivojlanishi    natijasida     kompaniyani
          boshqarish asosiga qiymatni boshqarish qo‘yiladi. Ko‘pchilik ekspertlar-
          ning fikriga ko‘ra, qiymatni boshqarish – bu qiymatning asosiy omillari

          borasida  barcha  xatti-harakatlarni  birlashtirish  evaziga  tashkilotning
          barcha  bo‘g‘inlarida  operativ  va  strategik  yechimlarni  sifat  jihatdan
          takomillashtirishga yo‘naltirilgan integratsion jarayon dir.  Amaliyotda
          keng qo‘llaniluvchi konsepsiyalar orasida 1982-yilda D. Shtern va
          D. Styuartlar tomonidan ishlab chiqilgan Economic value added (EVA)
          va 1995-yilda ishlab chiqilgan Olson modeli (EBO) muhim o‘rin tutadi.
            Rivojlanishning  uchinchi  yo‘nalishi  ko‘p  jihatdan  qimmatli  qo-
          g‘oz lar  bozori  bilan  bog‘liq  bo‘lib,  tavakkalchiliklarni  o‘rganish-
          ga  asoslanadi.  Tavakkalchilikning  mohiyati  daromad  olishning

          mav humligi  va  yo‘ qo   tish  xavfining  mavjudligidan  iboratdir.  Ushbu
          yo‘nalish doirasida XX asrning 60-yillarida Uilyam F. Sharp tomonidan
          ishlab  chiqilgan  CAPM  modeli  va  1973-yilda  yaratilgan  Blek-Shoulz
          opsioni modeli keng tarqalgan. Shu tariqa, qiymatni baholash borasida
          uch asosiy yondashuv shakllandi. A. Damodaran tasniflashiga ko‘ra,
          ularga “diskontlangan pul oqimlarini baholash”, “qiyosiy baholash”
          va “shartli daʼvolarni baholash” deb, nom berilgan. Taʼkidlash joizki,

          firmaning  qiymatini  baholash/tiklash  yondashuvi  asosida  baholash
          qiymatni baholash borasida mavjud bo‘lgan boshqa yondashuvlarga
          asoslanadi.
            Biznes qiymatini baholash borasidagi yondashuvlarni to‘laligicha
          anglab etish uchun FCFF va FCFEni farqlab olishimiz lozim.
            FCFF(Free Cash Flow to firm) – korxona mulki egalari (aksiyadorlar,
          qarz  vositalari  va  imtiyozli  aksiya  egalari)ning  korxonaga  barcha
          talablarining pul mablag‘lari ko‘rinishidagi moliyaviy oqimlar;
            FCFE=EBIT(1-t)+amortizatsiya-kapital  xarajatlari-aylanma

          mablag‘larning  o‘zgarishi. Ushbu modelda kompaniya xususiy
          kapitali ning  qiymati  kompaniya  asosiy  faoliyatining  qiymati  bilan
          qarz  maj buriyatlari  va  investorlarning  boshqa  qonuniy  daʼvolari
          o‘rtasidagi  farq  sifatida  aniqlanadi.  Asosiy  faoliyat  qiymati

                                               481
   477   478   479   480   481   482   483   484   485   486   487