Page 486 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 486
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Opsion shartnomasida ikki tomon ishtirok etadi: opsion xaridori
(egasi) maʼlum miqdordagi qimmatli qog‘ozlarni sotib olish yoki
sotish huquqiga ega bo‘ladigan shaxs hamda sotuvchi (ustiga
yozuvchi) tegishli ravishda ushbu qimmatli qog‘ozlarni sotish yoki
xarid qilish majburiyatini o‘z zimmasiga oluvchi shaxs.
Barcha opsionlar xarid qilish va sotish opsionlariga bo‘linadi.
Opsionlar “Yevropa opsionlari” va “Amerika opsionlari”ga bo‘linadi.
Yevropa opsioni – bu uning ijro etilishiga faqat kelishilgan bo‘lajak
sanada ruxsat etiladigan shartnomadir. Amerika opsioni – bu uning
ijro etilishiga kelishilgan sanagacha va kelishilgan bo‘lajak sanada
istalgan vaqtda ruxsat etiladigan shartnomadir.
Opsionning majburiy rekvizitlari:
⇒ Nomi: “xarid qilish uchun opsion” yoki “sotish uchun opsion”;
⇒ Davlat ro‘yxatiga olingan sana va raqam;
⇒ Opsionni ro‘yxatdan chiqarish sanasi;
⇒ Opsion emitentining nomi, manzili va bank rekvizitlari;
⇒ Emitentning bazis aktivini sotish (xarid qilish opsioni uchun)
yoki sotib olish (sotish opsioni uchun) majburiyati,
⇒ Opsionning amal qilish muddati yoki ijro etilish sanasi;
⇒ Bazis aktivining o‘ziga xos xususiyati;
⇒ Emitentning imzosi va muhri.
Opsionlar bilan operatsiyalar qimmatli qog‘ozlarning birja hamda
birjadan tashqari bozorlarida amalga oshirilishi mumkin.
Opsionning turlaridan biri varrant (varrant) hisoblanadi.
Varrant – bu uning egasi maʼlum muddat davomida yoki maʼlum bir
kunda varrantlar emitenti tomonidan dastlabki chiqarilgan qimmatli
qog‘ozlarni xarid qilish huquqini olganligini tasdiqlovchi hujjat.
Shunday qilib, varrantlarni chiqarish bazis aktivini tashkil etuvchi
qimmatli qog‘ozlarni chiqarish bilan bog‘lanadi. Varrantning bazis
aktivi bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning bir nashri faqat varrantning
bitta nashriga huquq beradi.
Varrantlar muomalaga chiqarilgan va uchinchi shaxslarning qo‘lida
bo‘lgan yoki emitentning o‘zi tomonidan sotib olingan qimmatli
qog‘ozlar bo‘yicha chiqarilishi mumkin emas. Bazis aktivining
485