Page 488 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 488

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
            •   kompaniya  balansida  aks  ettiriluvchi  kompaniya  aktivlari  va
          maj buriyatlari;
            •  kompaniya aktivlaridan foydalanish darajasi;
            •  kompaniyaning obro‘-eʼtibori va kompaniya balansidan aks etti-
          rilmagan boshqa nomoddiy aktivlar;

            •  kompaniyaning mulkiy va shu kabi boshqa huquqlari;
            •  majburiyatlarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalar;
            •   korxonaning buxgalteriya balansida aks ettirilmagan boshqa
          aktivlari, huquq va majburiyatlari baholanadi.
            Xarajat yondashuvi doirasida qiymatni baholashning ikkita usuli
          farqlanadi.  Tugatish  qiymati  (liquidation  value)  usuli  –  aktivlarni
          bozorda sotish yo‘li bilan olinishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari
          miqdorini  ifoda  etadi.  Tiklash  qiymati  usuli  (replacement  value) –
          tiklash qiymati va amaldagi eskirish qiymati o‘rtasidagi farq sifatida

          qoldiq qiymatni hisob-kitob qilish va aktivlarning amaldagi eskirishini
          baholashni ko‘zda tutadi. Innovatsion loyihaning samaradorligini
          baholash uchun ushbu yondashuv uncha ham mos kelavermaydi, chunki
          loyihani amalga oshirishning dastlabki bosqichlarida bozorda sotish
          uchun biror bir aktivning o‘zi mavjud bo‘lmaydi (faqatgina, kompaniya
          litsenziya va patentlarni sotishi mumkin bo‘lgan holatlarni istisno
          qilgan  holda).  Ammo  shunday  bo‘lsada,  baholash  ishlab  chiqarish

          nuqtai nazaridan emas, balki litsenziya yoki patentlarni sotishdan
          olinadigan bo‘lg‘usi daromadlar nuqtai nazaridan amalga oshiriladi.
          Loyihalarning qiymatini baholash borasida ko‘plab yondashuvlar
          mavjudligiga  qaramasdan,  ularning  barchasi  ham  innovatsion
          kompaniyalarga  mos  kelavermaydi.  Innovatsion  biznesning  o‘ziga
          xosligi  shundaki,  kompaniyaning  eng  muhim  raqobat  ustunligi  bu
          uning nomoddiy aktivlari hisoblanadi va aynan mana shu nomod diy
          aktivlar qiymatning yaratuvchisi hisoblanadi. Kompaniyaning aynan
          nomoddiy  aktivlari  (yangi  mahsulotlar,  ishlab  chiqarishni  tashkil

          etishning  yangi  usul  va  vositalari  uchun  patentlar  va  sertifi katlar)
          ulardan  samarali  foydalanilganda  kompaniyaga  yuqori  foyda  olish
          imkonini  beradi.  Amaldagi  texnologiyaning  qiymatini  bilmasdan
          turib,  biznesning  haqqoniy  qiymatini  aniqlashtirib  bo‘lmaydi.

                                               487
   483   484   485   486   487   488   489   490   491   492   493