Page 493 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 493

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             Innovatsion loyihalarni amaliyotga joriy etish bilan bog‘liq bo‘lgan
             muammolar, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanuvchi muassasa-
             lar va innovatsion korxonalarda marketingning yetarlicha taraqqiy
             etmaganligi bilan izohlanadi. Loyihalarning qiymati va samaradorligini
             baholash modellari nafaqat bo‘lg‘usi pul oqimlarini, balki shu bilan bir

             qatorda, yangi mahsulotlar yaratilishini marketing chora-tadbirlari
             asosida qo‘llab-quvvatlash, xodimlar sifati va ularni rag‘batlantirish,
             kompaniyaning umumiy strategiyasi kabilarni ham eʼtiborga olishi
             lozim.  Amaliy  tajriba  shuni ko‘rsatadiki,  yangi  mahsulotlarning
             uchdan bir qismi mag‘lubiyatga uchraydi va kompaniya uchun faqat
             zarar keltiradi. Bozorga yangi mahsulotlarni kiritish eng avvalo,
             mahsulotning o‘ziga xos tavsifi va bozorning o‘ziga xos xususiyatlari
             bilan  bog‘liqdir.  Yangi  mahsulotlarning  bozorda  kasodga  uchrashi
             quyidagi sabablar bilan izohlanishi mumkin: mahsulotdagi

             nuqsonlar, bozorning atroflicha o‘rganilmaganligi, haddan tashqari
             yuqori  xarajatlar,  raqobatchilarning  xatti-harakatlari,  samarali
             marketing  faoliyatining  yo‘lga  qo‘yilmaganligi,  yetarlicha  qo‘llab-
             quvvatlanmaslik, ishlab chiqarishdagi muammolar.
                Innovatsion  loyihaning qiymati  va samaradorligini baholashda
             tovarning  raqobatlashayotgan  tovarlardan  ustunligini  taʼmin
             etuvchi  omillar,  kompaniyaning  marketing  sohasidagi  ustunliklari,

             loyiha ning texnologik afzalliklari kabi nomoliyaviy ko‘rsatkichlarni
             eʼtiborga olish muhim ahamiyat kasb etadi. Isteʼmolchiga nomaʼlum
             bo‘lgan innovatsion mahsulotni bozorga olib kirish chog‘ida vujudga
             keluvchi  va  bunda  isteʼmolchilarning  taʼsir  reaksiyalarini  oldindan
             aytib  berish  mushkul  bo‘lgan,  isteʼmolchilarning  xulq-atvori
             borasidagi tavakkalchilik tahlil etilayotgan tavakkalchiliklar orasida
             birin chi  o‘ringa  qo‘yiladi.  Kompaniyaning  marketing  bo‘limi  bu
             borada jiddiy bosh qotirishiga to‘g‘ri keladi.


                               Mavzu bo‘yicha qisqacha xulosalar

                Investitsiya loyihasini baholashda ekspert va mutaxassis quyidagi
             savollarga javob topishlari talab etiladi:
                •  Ushbu loyihani amalga oshirish imkoniyatlari qanday? Loyiha-

                                                  492
   488   489   490   491   492   493   494   495   496   497   498