Page 495 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 495

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             stavkasi.  Yaʼni,  investor  uchun  kelgusi  pul  oqimlari  diskontlash
             stavkasiga teng bo‘lgan surʼatlarda yiliga qadrsizlanib boradi.
                NPV qiymati diskontlashni hisobga olgan holda, loyiha keltirishi
             mumkin bo‘lgan sof daromadni ko‘rsatadi. NPV formulasi quyidagicha
             ko‘rinishda bo‘ladi:

                                                �
                                                                        
                                          �� � �
                                                      �� � ��    
                                               ���
                Bu yerda: NCFi - i yilning sof pul oqimi, N- umumiy yillar soni.
                Agar qoplash muddati borasida barcha uchun maqbul bo‘lgan ya-
             gona mezon bo‘lmasa, u holda NPV bo‘yicha tahlil qilish bir muncha
             oson  ko‘rinadi.  NPVning  har  qanday  ijobiy  qiymati  loyihaning
             samarali ekanligi borasida xulosa qilishga imkon beradi. Ushbu
             holatda,  NPVning  aniq  qiymati  investorning  foydasini  emas,  balki

             investor ning kutilgan daromad miqdoridan ortiqcha olishi mumkin
             bo‘lgan daromadni ko‘rsatadi.
                NPV qiymatini hisob-kitob qilish loyiha bo‘yicha qaror qabul qi lish
             uchun  yetarli  hisoblanadi.  NPV  qiymati  loyihaning  jozibadorligini
             ko‘rsatsa-da, lekin  qay  darajada  jozibador  ekanligini  aniqlash
             imkonini bermaydi. Shuning uchun NPV ko‘rsatkichiga qo‘shimcha
             tarzda rentabellikning ichki meʼyori ko‘rsatkichidan foydalaniladi.

                Loyi rentabelligining ichki meʼyori (IRR) – diskontlash qiymati (d)
             ning shunday qiymatki, unga ko‘ra NPV qiymati 0 ga teng bo‘ladi.
             Yaʼni,  IRR  investor  tikilgan  pul  uchun  yillik  daromadning  qanday
             eng yuqori darajasiga umid qilishi mumkinligini ko‘rsatadi, bunga
             ko‘ra rentabellikning ichki meʼyori loyihaning qay darajada jozibali
             ekanligini baholash imkonini beradi.
                Yuqorida  tilga  olib  o‘tilgan  ko‘rsatkichlarni  hisob-kitob  qilishda
             diskontlashdan foydalaniladi. Bunday hisob-kitoblarni amalga oshi-
             rishda diskontlash stavkasini tanlash muhim o‘rin tutadi. Diskontlash

             stavkasi bir so‘z bilan aytganda, hisob-kitoblarda pulning qiymatini
             hisobga  olishni  ko‘zda  tutadi.  Keltirib  o‘tilgan  taʼrifning  o‘ziyoq
             pulning qiymati borasida xulosa yasashga yetarli hisoblanadi. Misol
             uchun, agar loyiha butunlay bank krediti hisobidan moliyalashtirilishi

                                                  494
   490   491   492   493   494   495   496   497   498   499   500