Page 492 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 492

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
            Mazkur vaziyatda Monte-Karlo usuli va kompyuter dasturlaridan foy -


          da langan holda muammoning yechimini topishimiz mumkin bo‘ladi.
            Blek-Shoulz  modelini  qo‘llashdagi  cheklovlardan  yana  biri
          shundaki,  u  faqatgina  Yevropa  opsionlariga  nisbatan  qo‘llanilishi
          mumkin,  xolos.  Chunki  Yevropa  opsionlarida  opsionlarni  bajarish

          muddati aniq ko‘rsatilgan bo‘ladi.  Amerika opsionlariga nisbatan
          Blek-Shoulz modelini qo‘llash bir muncha qiyinchiliklar tug‘diradi.
            Shunday qilib, innovatsion loyihalarning qiymati va samaradorligi-
          ni baholashning mavjud modellari ikkita asosiy kamchiliklarga ega:
          birinchi navbatda, tavakkalchiliklar va noaniqliklarning taʼsiri to‘liq
          hisobga  olinmaydi,  ikkinchidan,  mazkur  modellar  faqat  moliyaviy
          ko‘rsatkichlarga  bog‘liq  bo‘lib,  nomoliyaviy  ko‘rsatkichlar  mutlaqo
          hisobga olinmaydi.
            Birinchi kamchilikni, yaʼni tavakkalchiliklarni hisobga olishni ko‘-

          rib chiqamiz. Maʼlumki, tavakkalchiliklarni hisobga olish oson kech-
          masa-da, ularni boshqarish mumkin va albatta ular boshqarilishi
          shart.  Afsuski,  samaradorlikni  baholash  borasidagi  zamonaviy
          yondashuvlarning  hech  biri  tavakkalchiliklarni  boshqara  olmaydi.
          Ta vakkalchiliklarni  boshqarish  bilan  mutlaqo  boshqa  bir  tizim-
          risk menejment shug‘ullanishi talab etiladi. Loyiha bilan bog‘liq
          bo‘lgan tavakkalchiliklarni boshqarishning bunday tizimini yaratish

          jarayoni,  innovatsion  tavakkalchiliklarni  nazorat  qilish  bo‘yicha
          chora-tadbirlarni amalga oshirish borasida tavakkalchiliklarni tahlil
          qilishning bazaviy tamoyillarini hisobga olish imkonini beradi. Risk-
          menejmentning har bir instrumentidan muayyan shart-sharoitlarda
          foydalanish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish talab etiladi. Bu esa,
          joriy etilayotgan innovatsiyalarning xususiyatlaridan kelib chiqqan
          holda, innovatsion loyihani amalga oshirishning butun bir davri
          mobaynida  tavakkalchiliklarni  nazorat  qilish  tizimining  amalda
          bo‘lishiga  imkon  yaratib  beradi.  mazkur  tizim  tavakkalchiliklarni

          farqlay olishi, baho lay olish va guruhlarga ajrata olishi lozim.
            Innovatsion loyihalar qiymatini baholash borasidagi samaradorlik
          va  qiymatni  baholash  modelining  ikkinchi  kamchiligi,  yaʼni  faqat
          moliyaviy  ko‘rsatkichlardan  foydalanish  holatini  ko‘rib  chiqamiz.

                                               491
   487   488   489   490   491   492   493   494   495   496   497