Page 489 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 489

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             Farmakologiyadan  tortib,  dasturiy  mahsulotlar  ishlab  chiqaruvchi
             ko‘pgina sohalarda patentlangan texnologiyalar kompaniyaning eng
             katta aktivini tashkil etadi. Biroq, texnologiyalar intellektual kapital
             sifatida  mavjud  bo‘lishi  mumkin  bo‘lgani  holda,  ularni  kompaniya
             balansida aks ettirishning iloji yo‘q. U o‘tgan davrlarning xarajatlari

             asosida  baholanuvchi  moddiy  aktivlar  tarkibida  hisobga  olinishi
             mumkin bo‘lsada, boylik yaratish borasidagi texnologiyalarning
             imkoniyatlarini aks ettira olmaydi.


                      11.6. Innovatsion loyihalarning samaradorligi va
                              qiymatini baholashdagi cheklashlar
                Innovatsion  loyihalarga  daromad  bo‘yicha  yondashuv,  amalda
             deyarli barcha investitsiya loyihalariga nisbatan qo‘llaniladi. Ushbu
             yondashuvda innovatsion loyihaning deyarli barcha zaruriy unsurlari

             –  bo‘lg‘usi  pul  oqimlarining  joriy  qiymati,  tavakkalchilik  omili-
             ni diskontlash stavkasida hisobga olishi va hatto investorlarning
             innovatsion  loyihalarni  amalga  oshirishdan  kutilmalarini  ham
             hisobga olishimiz mumkin. Ammo, amalda rejalashtirilgan natijaga
             yaqin bo‘lgan natijaga erishish juda ham mushkul vazifa hisoblanadi.
             Bunday  farqlanishni  ekspert  baholashlarning  subyektivligi,  loyi-
             haga tashabbuskor tomonidan haddan tashqari ijobiy yondashish,

             baholash  o‘ta  mushkul  bo‘lgan  tavakkalchiliklarning  mavjudligi
             bilan izohlaymiz. Innovatsion kompaniyalarning amaldagi faoliyati
             uchun  tavakkalchilikning  yuqori  darajasi  xos  bo‘lgani  holda,
             bunday kompaniyalarda yangi g‘oyalarning paydo bo‘lishi va ularni
             tijoratlashtirib  foyda  olishgacha  bo‘lgan  vaqt  oralig‘i  ancha  katta
             muddatni tashkil etadi. Innovatsion kompaniyalar o‘zlarining
             faoliyat  natijalari  bozorda  talab  yuqori  bo‘lgan  pirovard  mahsulot
             yoki xizmatga aylani shi kafolatlanmagan bo‘lsada, ilmiy izlanishlar
             va  tajriba-konstruktorlik  ishlariga  katta  mablag‘lar  sarflaydilar.

             Bugungi  turmush  tarzini  va mehnat  sharoitlarini  shakllantirgan,
             ulkan moddiy boyliklarning yaratilishiga katta ulush qo‘shgan
             ko‘pgina  texnologik  yutuqlar  uzoq  vaqt  mobaynida  “inkubatsiya
             davri”ni boshdan kechirgan. Loyihani o‘ylab pishitish, uni takomiliga

                                                  488
   484   485   486   487   488   489   490   491   492   493   494