Page 484 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 484

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
            Bu yerda:
            EVA– qo‘shilgan iqtisodiy qiymat;
            ROIC – investitsiyalangan kapitalning daromadliligi;
            WACC – o‘rtacha tortilgan kapital xarajatlari;
            IC – investitsiyalangan kapital;

            NOPLAT  –  soliqlar  chegirib  tashlangan,  ammo  foizlar
          to‘langungacha bo‘lgan operatsion foyda.
            Kompaniya faoliyatini tavsiflovchi mazkur moliyaviy ko‘rsatkichdan
          strategik  rejalashtirish  (biznes  qiymatini  maksimallashtirish)
          bosqichidayoq,  foydalanishimiz  mumkin.  Shuningdek,  ushbu
          ko‘rsatkichni  korxona  bo‘lim  va  bo‘linmalari,  mahsulotlar
          liniyasi  bo‘yicha  ham  hisoblashimiz  va  undan  xodimlarni  moddiy
          rag‘batlantirish sifatida ham ishlatishimiz mumkin. Bugungi kunda
          biznesni rivoj lan tirishda nomoddiy aktivlarning ulushi oshib

          borayotgan  bir  sharoit da  mazkur  konsepsiyadan  foydalanish  bir
          muncha noqulayliklar tug‘ diradi.
            Qiyosiy yondashuv kompaniyalarning bozor qiymatini baholashning
          turli usullarini o‘z ichiga oladi. Bu borada multiplikator usuli asosiy
          usul hisoblanadi. Ushbu usulning mohiyati muayyan bozor qiy matiga
          ega va turli mezonlar bo‘yicha taqqoslash mumkin bo‘lgan o‘xshash
          kompaniyani izlashdan iboratdir. Ushbu mezonlar multiplikator deb,

          ataladi.  Ular  ikki  yoki  uchta  moliyaviy  ko‘rsatkichlarning  nisbatini
          ifoda etadi. Amalda juda ham ko‘p moliyaviy koeffitsiyentlar to‘plami
          va  shunga  mos  ravishda  ko‘plab  multiplikatorlar  mavjud:  narx/
          tushum; foyda multiplikatori (ushbu holatda koeffitsiyentlardan biri
          foyda bo‘lsa, boshqasi – turli moliyaviy ko‘rsatkichlar hisoblanadi),
          PEG  (narx/foydaning  o‘sish  surʼatiga  nisbati),  ITTKI  xarajatlarini
          hisobga olgunga qadar foydaning narxga nisbati, EV/EBITDA, balans
          qiymati multiplikatori, tushum multiplikatori, maxsus tarmoq
          multiplikatorlari va boshqalar.

            Barcha  multiplikatorlarni  quyidagi  ikkita  xususiyat  birlashtirib
          turadi:
            •  Baholashlar avvalgi davrlarning maʼlumotlariga asoslanadi va
          o‘z  navbatida  korxonaning  moliyaviy-xo‘jalik  faoliyati  natijasida

                                               483
   479   480   481   482   483   484   485   486   487   488   489