Page 479 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 479

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                Kengaytirilgan qiymatni baholashning navbatdagi ikki usuli
             muddatsiz renta va o‘sib boruvchi muddatsiz renta formulalaridan
             foydalanishni  ko‘zda  tutadi.  Agar  kompaniyaning  rivojlanish
             ssenariysi qan daydir vaqt oralig‘ida bo‘sh pul mablag‘lari oqimi
             barqarorlashi shi va o‘sishdan to‘xtashini ko‘zda tutsa, u holda

             quyidagi formuladan foydalanishimiz mumkin:
                                                  ி஼ிி    (10)
                                          ܸܶ ൌ   ௐ஺஼஼
                Bu yerda:
                TV – biznesning terminal qiymati;
                FCFF  –  bashoratlanuvchi  yildan  keyingi  yildagi  kompaniyaning
             bo‘sh pul mablag‘lari oqimi qiymati CF last*(1+g);
                WACC – o‘rtacha tortilgan kapital xarajatlari.
                Agar kompaniya bundan buyon ham barqaror surʼatlarda o‘sishda

             davom etadi, deb tasavvur qilsak, u holda kengaytirilgan qiymatni
             baholash uchun quyidagi formuladan foydalanish maqsadga muvofiq
             hisoblanadi:

                                                  ி஼ிி
                                        ܸܶ ൌ                (11)
                                                ௐ஺஼஼ି௚

                Bu yerda: g – bo‘sh pul mablag‘lari oqimining doimiy uzoq muddatli

             o‘sish surʼatlari.
                Kengaytirilgan qiymatni baholashda quyidagi tasavvurlarni
             eʼtiborga olish lozim:
                • P. Boyerning fikriga ko‘ra, kengaytirilgan davrda kompaniyaning
             o‘sish  surʼatlari  iqtisodiyotning  uzoq  muddatli  o‘sish  surʼatlariga
             yaqin bo‘lishi kerak. Umuman olganda u bozorning muayyan
             sektorlari  uchun  xos  bo‘lgan  o‘sish  surʼatlarini  kengaytirilgan
             qiymat uchun mos keladi deb, fikr bildiradi. T. Kouplend, T. Koller,
             J. Murrinlarning fikricha, tarmoqda kutilayotgan isteʼmolning o‘sish

             surʼatlari  va  inflyatsiya  ko‘rsatkichlarining  yig‘indisi  bu  borada
             eng maqbul ko‘rsatkich hisoblanadi. Bozor hajmi o‘sish surʼatlarini
             cheklovchi muhim omillardan biri sanaladi;
                •  O‘rtacha  tortilgan  kapital  xarajatlarini  baholash  tarmoqda

                                                  478
   474   475   476   477   478   479   480   481   482   483   484