Page 476 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 476

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
            Hozirgi paytda innovatsion loyihalarni tuzish va amalga oshirish
          uzluksiz jarayon bo‘lganligi sababli uni tasvirlashda kompyuter
          texnikasidan  keng  foydalanilmoqda.  Bunda  loyihaning  texnik-
          iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlari hamda tashqi iqtisodiy muhitni
          belgilovchi  omillar  hisobga  olinib,  loyihaning  matematik  modeli

          tuziladi va shu model asosida loyihaning xarajatlar va daromadlar
          oqimi  aniqlanadi,  samaradorlik  ko‘rsatkichlari  hisoblanadi,  ishlab
          chiqarish natijalarining yillik balansi tuziladi hamda tashqi va ichki
          omillar  taʼsiri  tahlil  qilinadi.  Sanoati  rivojlangan  mamlakatlarda
          yirik  ishlab  chiqarish  va  moliya  korporatsiyalari  ana  shunday
          modellardan  foydalanadilar.  Shuningdek,  bunday  modellardan
          investitsiya  loyihalarini  o‘rganuvchi  va  samaradorligini  aniqlovchi
          turli maslahatchi firmalar ham foydalanadilar.
            Innovatsion loyiha samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘lib

          quyidagilar hisoblanadi:
             • loyihaning sof joriy qiymati;
             • ichki daromad darajasi;
             • investitsiyalarni qoplash muddati;
             • rentabellik indeksi.
            Biz bu ko‘rsatkichlar to‘g‘risida yuqorida to‘xtalib o‘tdik. Loyiha-
          ning  sof  joriy  qiymati  (Net  present  value  –  NPV)-  korxonada

          investitsiya qilingan kapitalning barcha egalari uchun mavjud bo‘lgan
          diskontlangan pul oqimi summasi
                                       �             �
                                     ∑    ���� �   ∑    �� �� �
                                                             �
                                                          �
                            ��� �      ���      �    ���           (9)
                                       ���� � �       ���� � �
                                                          �
                                           �
            Bu yerda:
            FCFF  – t mos davrdagi daromadlar (B ) va xarajatlar(C ) o‘rtasidagi

                                                                          t
                                                       t
                  t
          farqqa teng bo‘lgan t davrdagi bo‘sh pul mablag‘lari oqimi; T- loyiha-
          ning hayotiylik davri; r  – diskontlash stavkasi. Loyihaning hayotiylik
                                    t
          davri (kompaniyaning ijobiy pul oqimlarini taʼmin eta olishi mumkin
          bo‘lgan  muddat)  ko‘pincha  nomaʼlum  va  uzoq  muddatli  davrlar
          uchun bashoratlar tuzish ancha mushkul muammo bo‘lganligi bois,
          tahlilchilar  loyihaning  hayotiylik  davrini  bashoratlashdan  oldingi
          va bashoratdan keyingi davrlarga ajratishadi. Bashoratlanayotgan

                                               475
   471   472   473   474   475   476   477   478   479   480   481