Page 477 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 477
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
muddatda bo‘sh pul oqimlarining batafsil bashoratlari tuziladi,
bashoratlashdan keyingi davrda kompaniya tomonidan yaratiluvchi
pul oqimlari miqdori loyihaning kengaytirilgan (terminal) qiymati
sifatida hisoblanadi.
McKinsey ekspertlari ko‘pchilik kompaniyalar uchun bashoratlash
ufqini 10-15 yil qilib belgilashni tavsiya qiladilar.
Ular shiddat bilan rivojlanayotgan, shu jumladan innovatsion
biz nes kompaniyalarining yetuklik bosqichiga erishishlari uchun
bundan ham ko‘proq vaqt talab etilishi mumkinligini taʼkidlab
o‘tadilar. Shu bilan birga, juda qisqa bashoratlash davridan
foydalanish qiymatning sezilarli darajada kamaytirilishiga olib
keladi yoki kengaytirilgan qiymatni baholash uchun mos keluvchi
uzoq muddatli o‘sish surʼatlarini aniqlash uchun katta saʼy-
harakatlarni talab qiladi.
Biroq globallashuv va texnologiya rivojlanishining jadallashishi
tufayli so‘nggi yillarda mahsulotlarning hayotiylik siklining qisqarishi
kuzatilmoqda. Masalan, dasturiy taʼminot mahsulotlarining o‘rtacha
hayotiylik davri ko‘pi bilan 2 yilni tashkil etsa, bu ko‘rsatkich yengil
avtomashinalar va kompyuterlar uchun 3-4 yil, kimyoviy moddalar
va havo transporti vositalari uchun 6-7 yil, farmatsevtika sanoati va
biotexnologiya mahsulotlari uchun – 10 yil, aloqa tizimlari uchun –
12 yil, yog‘ochni qayta ishlash va transport tizimlari uchun esa – 20
yildan ortiqroqni tashkil etadi. P. Boyer bashoratlash davrini aniqlash
uchun “yetuklik pallasi” atamasini ishlatishni taklif qiladi. “Yetuklik
pallasi” – bu mahsulot bozorga butunlay kirib kelgan oy yoki yilni
anglatadi. Bozorga to‘liq kirib borilganidan so‘ng, o‘sish surʼatlari
bozorning uzoq muddatli o‘sish surʼatlariga yaqinlashishini kutish
mumkin.
Kengaytirilgan (terminal) qiymat bashoratlash davridan keyin
ham kompaniya topishi mumkin bo‘lgan pul oqimlari qiymatini
o‘zida ifo da etadi. Odatda, tahlilchilar korxona tushumlari va
xarajatlarining o‘sishi notekis bo‘lgan kompaniya hayotiylik
siklining ilk bosqichla ridagi bo‘sh pul oqimlarini bashorat
qiladilar. Kompaniya o‘zining yetuklik bosqichida barqaror o‘sish
476