Page 473 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 473

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                Har  bir  tavakkalchilik  turi  uchun  mukofot  qiymati  0  foizdan
             5  foiz  oralig‘ida  bo‘lib,  uning  qiymati  ekspertli  baholashlar
             natijasida aniqlanadi. Kapital xarajatlarini aniqlashda – innovatsion
             kompaniyaning hayotiylik sikli davomida ularning pasayib boruvchi
             dinamikasi  muhim  holat  hisoblanadi.  Loyihaga  yo‘naltirilayotgan

             dastlabki  investitsiyalarning  tavakkalchilik  darajasi  konseptual
             tadqiqotlar bosqichidan boshlab, innovatsion mahsulot yoki xizmatlarni
             yara tishgacha bo‘lgan bosqichlar davomida pasayib boradi. Chunonchi,
             yangi mahsulot yoki xizmatlarni yaratish laboratoriya tadqiqotlariga
             qaraganda bir muncha qimmat bo‘lgani holda, xarajatlarning asosiy
             qismi  loyihani  yakunlash  bosqichiga  to‘g‘ri  keladi  va  tavakkalchilik
             darajasi bir muncha past bo‘ladi. Loyihani amalga oshirishga sarflangan
             xarajatlar, qaytim bera boshlashi bilan, loyiha barqaror daromad
             keltiruvchi biznesga aylanib boradi.



                          11.4. Innovatsion loyihaning samaradorlik
                                           ko‘rsatkichlari
                Innovatsion loyihalar samaradorligini baholash juda muhim jara yon
             hisoblanib, u o‘z ichiga texnik-iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlarni
             tahlil qilish va baholashni qamrab oladi. Innovatsion-investitsiya
             loyihalari samaradorligini baholash orqali mablag‘larni samarali

             joylashtirish yo‘llarining eng optimalini tanlash mumkin. Har qanday
             investitsiya loyihasini baholashning mazmuni bugungi xarajatlarni
             loyihadan olinadigan daromadlar oqlaydimi? degan savolga javob
             topishdan  iboratdir.  Biroq,  bu  savol  shunchalik  oddiy  bo‘lishiga
             qaramasdan, agar diqqat bilan ko‘rib chiqilsa, uning ko‘plab qirralari
             ochiladiki, baʼzan unga bir xil maʼnodagi javobni topish juda mushkul.
                Innovatsion loyihalari samaradorligini baholash usuli – bu turli
             obyektlarga (yangi mahsulot va xizmatlarga) uzoq muddatga kapital
             mablag‘larni  qo‘yishning  maqsadga  muvofiqligini  aniqlash  usuli

             bo‘lib, bunda qo‘yilgan mablag‘lar kelajakda foyda keltirishi va o‘zini
             to‘liq qoplashi ko‘zda tutiladi. Har qanday investitsiya loyihasi, garchi
             u ko‘pgina ijobiy tavsiflarga ega bo‘lsada, unga qo‘yilgan mablag‘lar,
             yaʼni qilingan investitsiya xarajatlari loyiha mahsuloti (ish, xizmat)

                                                  472
   468   469   470   471   472   473   474   475   476   477   478