Page 469 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 469
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
xarajatlar bahosi erkin pul oqimlari modeliga mos kelishi uchun, u
quyidagi shartlarga javob berishi kerak:
• kapital jalb qilishning barcha manbalari (qarz, aksionerlarning
mablag‘lari va boshqalar)dan kapital jalb qilishning o‘rtacha tortilgan
xarajatlarini qamrab olishi lozim;
• korporativ soliqlar to‘langandan keyingi hisob-kitoblarga
asoslanish, chunki erkin pul oqimlari o‘z mohiyatiga ko‘ra, soliq
to‘lovlaridan qolgan keyingi pul oqimi hisoblanadi;
• erkin pul oqimlari nominal qiymatga ega bo‘lganligi bois,
real daromadlilikni kutilayotgan inflyatsiya ko‘rsatkichlariga
korrektirovka qilish orqali nominal daromadlilikni aks ettirish;
• har bir kapital yetkazib beruvchining o‘z zimmasiga olgan tizimli
xavf-xatarlarga tuzatishlar kiritish, zero ularning har biri o‘zlari
qabul qilingan tavakkalchilikni to‘laligicha qoplovchi qaytimga umid
qiladilar;
• har bir moliyalashtirish manbasining solishtirma og‘irliklarini
(og‘irlik koeffitsiyenti) bozor qiymati bo‘yicha o‘zida hisobga
olish, chunki bozor qiymati bozor sarmoyadorlarining har bir
kategoriyalarining haqqoniy iqtisodiy talablarini aks ettiradi;
• inflyatsion kutilmalardagi o‘zgarishlar, tizimli tavakkalchilik
va kapital tuzilishini hisobga olgan holda pul oqimi prognozlarini
davrga moslab borish.
Moliyalashtirishning turli xil manbalari mavjudligi sharoitida
kapital xarajatlarini aniqlashda o‘rtacha tortilgan kapital xarajatlari
modeli (WACC-weighted average cost of capital) qo‘llaniladi:
WACCൌ ݎ݀ כ ሺͳെܶܿ כ ݎ݁ כ (7)
ா
ሻ
Bu yerda:
rd – firmaning qarzlari bo‘yicha joriy foiz stavkasi;
Tc – korporativ daromad solig‘ining chegaraviy stavkasi;
re– firmaning ishbilarmonlik tavakkalchiligi va uning kapitali
tarkibiga bog‘liq bo‘lgan firma aksiyalarining kutilayotgan
daromadlilik meʼyori;
468